Ðåçóëüòàòîâ: 33

Ozarbayjon MO davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining to‘la huquqli a’zosiga aylandi

Ozarbayjon endi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon emas, balki to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etadi. Bu bo‘yicha yetakchilar tomonidan prinsipial qaror qabul qilindi, deya e’lon qildi Shavkat Mirziyoyev. Format “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” nomini oladi. gazeta.uz »

2025-11-16 10:14

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi. Shuningdek, Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shayotgan saudiyalik hamkorlarimizni biz doim yuksak qadrlaymiz”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-10-15 14:48

Uy-joy boshqaruvi rahbarlari Qonunchilik palatasida qabul qilindi. Ular Qurilish vazirligining harakatlariga qarshi

Toshkentdagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari va bevosita boshqaruvdagi uylar rahbarlari Qurilish vazirligining aholining uylarni boshqarish huquqini cheklaydigan qonun loyihasiga qarshi chiqmoqda. Qonunchilik palatasi vitse-spikeri vaziyatni o‘rganishni va’da qildi. Raqobat qo‘mitasi loyihani qo‘llab-quvvatlamadi. gazeta.uz »

2025-9-29 08:04

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Navro‘z tabriklari almashdi va bo‘lajak sammitlarni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti hamkasblari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar bir-birini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, bo‘lajak sammitlar - Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuv va C5+1 formatiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-3-18 19:48

Prezident ayrim hududlar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurganini ta’kidladi. Davlat rahbari bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligini aytdi. gazeta.uz »

2025-3-5 10:17

MDH davlatlari rahbarlari kreativ iqtisodiyot, tinch atom va umumiy tahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

Norasmiy sammitda MDH davlatlari rahbarlari yangi yo‘nalishlar - muhandislik maktablari tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar, kreativ iqtisodiyot, yashil energetika, tinch atom, shuningdek, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-12-25 16:25

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo - 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-8-9 17:21

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni muhokama qildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2024-5-7 11:26