Ðåçóëüòàòîâ: 34

Avtobusda maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan erkak 8 sutkaga qamaldi. Bolaning otasi sud qaroridan norozi

Toshkentda 37 yoshli erkak avtobusda o‘tirgan 12 yoshli o‘quvchiga diqqat bilan qarab, keyin uning qo‘lidan ushladi. Erkakning ta’kidlashicha, u buni tasodifan, bolani qarindoshi deb o‘ylab qilgan. Bolaning otasi sud erkakni shilqimlik uchun emas, mayda bezorilik uchun jazolaganidan norozi. gazeta.uz »

2025-2-4 12:33

Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi. Jazo uning boshqa huquqbuzarligi uchun berildi

Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi. gazeta.uz »

2024-9-26 11:41

Solixon domla 15 sutkaga qamaldi

Solixon domla Ortiqxo‘jayev mayda bezorilik va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi. U uyiga IIO xodimlariga kelganida “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, o‘tib ketayotgan fuqarolarning tinchligini buzgan. gazeta.uz »

2024-4-1 13:55