Ðåçóëüòàòîâ: 32

Surxondaryoda yengilroq jazo tayinlatish uchun $53 ming olgan sudya katta yordamchisi ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga yengilroq jazo tayinlatish, 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirishni va’da qilib, 53 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-12 12:39

Singapur maktablarida bulling uchun o‘g‘il bolalarga nisbatan jismoniy jazo joriy etiladi

Singapur maktablarida bezorilik, jumladan, kiberbulling bilan shug‘ullanuvchi 9 yoshdan katta o‘g‘il bolalarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llashga ruxsat berildi. Ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, darra bilan savalash faqatgina “boshqa barcha choralar samarasiz bo‘lib chiqqandagina” qo‘llanadi. gazeta.uz »

2026-5-7 14:06

Hech qayerda yo‘q tizim, noreal jazo va qiynalayotgan korxonalar. Yirik ishlab chiqaruvchilar va mutaxassislar — ichimliklar uchun markirovka haqida

O‘zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchilar 1-apreldan raqamli markirovkalash tizimining agregatsiya bosqichini joriy eta boshladi. Gazeta bilan suhbatlashgan yirik korxonalar va mutaxassislar tizim kompaniyalar xarajatlarini oshirib borayotgani, kichik xatolik esa korxonani bankrot qilishini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 17:49

Uch hafta oldin jazo o‘tashni boshlagan Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etildi

“Liviya ishi” bo‘yicha 5 yillik qamoq jazosini 21-oktabr kuni o‘tashni boshlagan Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi oradan uch hafta o‘tib qamoqdan ozod qilindi. Apellyatsiya sudi uning ozodlikka chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ma’qullagan. Endi uni mart oyida apellyatsiya sudi kutib turibdi. gazeta.uz »

2025-11-11 09:44

“Eng samarali jazo — umrbod qamoq”. Ekspertlar — O‘zbekistonda pedofillarga qanday jazo tayinlash kerakligi haqida

Namangan va Toshkent viloyatlarida ikki qizchaga qilingan jinsiy zo‘ravonlikdan so‘ng pedofillarga og‘ir jazo tayinlash masalasi yana kun markaziga chiqdi. Tarmoq foydalanuvchilari o‘lim jazosini qaytarish, kastratsiya qilish, umrbodga qamashni ilgari surmoqda. Gazeta bu borada ekspertlar fikriga qiziqdi. gazeta.uz »

2025-10-22 15:49

“Adolat” partiyasi qoidabuzar haydovchilar uchun jazo choralarini keskin oshirishni taklif qildi

“Adolat” partiyasi o‘lim bilan bog‘liq YTH uchun jazoni og‘irlashtirish, tezlikni doimiy me’yordan oshirganlarni “prava”sidan mahrum qilish muddatini amaldagi 3 yildan 10 yilgacha uzaytirish, shuningdek, mast holatda odam o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarni umrbod haydovchilik huquqidan mahrum etishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-10-21 09:11

“Bunaqa yengil jazo — sharmandalik”. Toshkentda haydovchining tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani muhokama qilinmoqda

Toshkentda Lixian L9 haydovchisi ogohlantirishlarga qaramay, tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Aksariyat faollar haydovchiga yengil jazo berilganidan norozi, ba’zilar mashinani musodara qilish kerakligini aytmoqda. gazeta.uz »

2025-6-2 09:20

Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi. Jazo uning boshqa huquqbuzarligi uchun berildi

Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi. gazeta.uz »

2024-9-26 11:41