Ðåçóëüòàòîâ: 34

“Biz hech kimga tayana olmaymiz”. Neyrofibromatoz bilan kasallanganlar qanday hayot kechirmoqda?

17-may - Xalqaro neyrofibromatoz haqida xabardorlik kuni. Gazeta O‘zbekistonda shu tashxis bilan yashayotgan qizchaning onasi hamda neyrofibromatozga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi “22/17” mintaqalararo jamoat tashkiloti rahbari bilan kasallikni aniqlash va davolashdagi qiyinchiliklar haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-5-18 13:45

Hech qayerda yo‘q tizim, noreal jazo va qiynalayotgan korxonalar. Yirik ishlab chiqaruvchilar va mutaxassislar — ichimliklar uchun markirovka haqida

O‘zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchilar 1-apreldan raqamli markirovkalash tizimining agregatsiya bosqichini joriy eta boshladi. Gazeta bilan suhbatlashgan yirik korxonalar va mutaxassislar tizim kompaniyalar xarajatlarini oshirib borayotgani, kichik xatolik esa korxonani bankrot qilishini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 17:49

“Bu loyihani hech kim chizmadi — yurak, mehr va armonlar chizdi”. Prezident Islom sivilizatsiyasi markazidagi Qur’on zali haqida

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishida Qur’on zali loyihasi haqida gapirdi. “Bu loyihani hech kim chizmadi - yurak chizdi, mehr chizdi, armonlar chizdi”, - dedi prezident. Davlat rahbari markaz O‘zbekiston xalqiga ko‘p xizmat qilishini tilab, duo qildi. gazeta.uz »

2026-3-18 12:43

“Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi”. Pavel Durov — Rossiyada Telegram faoliyati cheklanishi haqida

Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror emas, dedi Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyaning messenjerga qarshi cheklovlarni kuchaytirish qaroridan so‘ng. U Eronning platformani taqiqlashga bo‘lgan urinishi ish bermaganini eslatib, Telegram so‘z erkinligi tarafdori ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-2-11 14:52

“Hech kim bizga kredit bermasdi”. Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda ilgari nima uchun budjet profitsit bilan bajarilgani haqida

Budjet taqchilligining nominal o‘sishi real hisoblarni aks ettirmaydi, uni YAIMga nisbatan baholash kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillarda budjet profitsiti qayd etilganiga sabab “hech kim bizga taqchillikni moliyalashtirish uchun kredit bermagan”. gazeta.uz »

2025-12-3 13:05

“Hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni xohlamayapti”. Yunusobodda turar joy binosiga biriktirilgan terrasani buza olishmayapti

Ikki oy avval Gazeta Yunusobod 8-mavzesida gastroko‘cha yaratish chog‘ida turar joy binosining birinchi qavati derazalari darajasida terrasa qurilgani haqida yozgandi. Aholining shikoyatlariga turli idoralar, jumladan, tuman hokimligi, avvalgidek, rasmiy xatlar yoki sukut bilan javob bermoqda. gazeta.uz »

2025-10-17 21:31

“Jurnalist — futbol maydonidagi hakam. Unga hech kimning ta’siri bo‘lmasligi kerak”. Xayrulla Hamidov bilan katta intervyu

Gazeta`ning navbatdagi intervyusi jurnalist, futbol sharhlovchisi, shoir Xayrulla Hamidov bilan bo‘ldi. Biz mehmonimiz bilan uning hayotidagi muhim davrlar, jurnalistika sohasidagi masalalar, o‘qish kerak bo‘lgan kitoblar, tutish kerak bo‘lgan prinsiplar va boshqa mavzularda suhbatlashdik (matn, video). gazeta.uz »

2025-8-22 10:33

“Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan”. Prezident — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash haqida

Prezident 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalarni e’lon qildi. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55% ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu uchun $10 mlrd ajratiladi, kichik korxonalar uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratiladi, tadbirkor ayollar uchun stavkalar pasayadi. gazeta.uz »

2025-3-19 20:07

Yopiqlik va mavhumlik. Farg‘onadagi portlash haqida hech kim gapirishni xohlamagan reportaj

17-dekabrda Farg‘onadagi AYQSHda portlash bo‘ldi. Hodisa oqibatida rasman 4 kishi vafot etgan. “Gazeta.uz” muxbirlari 20-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib qaytdi, ammo safar qariyb besamar o‘tdi: hodisa haqida deyarli hech kim gapirishni istamadi, gapirganlar esa keyinroq intervyusi chiqarilmasligini so‘radi. gazeta.uz »

2024-12-24 15:55

Hech bir davlat JSTga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan — JST bosh direktori

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ko‘ra, hech bir mamlakat tashkilotga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. “O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘ryapman”, - degan bosh direktor a’zolikka da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kelganini qayd etdi. gazeta.uz »

2024-6-7 13:09