Ðåçóëüòàòîâ: 16

“Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi”. Pavel Durov — Rossiyada Telegram faoliyati cheklanishi haqida

Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror emas, dedi Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyaning messenjerga qarshi cheklovlarni kuchaytirish qaroridan so‘ng. U Eronning platformani taqiqlashga bo‘lgan urinishi ish bermaganini eslatib, Telegram so‘z erkinligi tarafdori ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-2-11 14:52

“Bank tizimidagi jinoyatchilikni qachon jilovlaysan?” — Prezident MB raisiga murojaat qildi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtda fuqarolar kiberjinoyatlardan qariyb 2 trln so‘m zarar ko‘rgani, ayni paytda ularni fosh etish darajasi 8 foizligicha qolayotganini ta’kidladi. U huquq-tartibot idoralari, shuningdek, MB raisi Timur Ishmetovdan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha taklif kiritishini so‘radi. gazeta.uz »

2026-2-3 09:15

“Qachon boshlaysizlar?” “O‘zatom” rahbari Jizzax viloyatida AES qurilishiga aholining munosabati haqida

Jizzax aholisi AES qurilishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ishlarning boshlanishini kutmoqda, deb ma’lum qildi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tgan World Atomic Week forumida. Uning aytishicha, aholi ushbu loyihani mintaqani rivojlantirish va hayot sifatini oshirish uchun “turtki” deb bilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-30 13:52

“Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan”. Prezident — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash haqida

Prezident 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalarni e’lon qildi. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55% ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu uchun $10 mlrd ajratiladi, kichik korxonalar uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratiladi, tadbirkor ayollar uchun stavkalar pasayadi. gazeta.uz »

2025-3-19 20:07

Agrovazirlik — kartoshka keskin qimmatlaganining sabablari va narxlar qachon tushishi haqida

O‘zbekistonda kartoshka narxi oshganiga kuzda qayta ekilgan maydonlardan yetarlicha hosil olinmagani sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Noyabr-aprel uchun 1,7 mln tonna kartoshka zarur, amalda esa mavsumiy talabning 44 foizi yig‘ilgan. Vazirlik narx qachon pasayishi mumkinligini aytdi. gazeta.uz »

2025-1-31 21:32

Fotoreportaj: Toshkentdagi Pushkin xiyobonining rekonstruksiyasi qanday ketyapti va qachon yakunlanadi?

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Pushkin xiyobonida rekonstruksiya boshlanganiga uch oydan oshdi. Aholi bu yerdagi daraxtlarning kesilishidan xavotirda edi. Hudud hozir baland to‘siqlar bilan o‘rab olingan, loyiha bilan qurilish maydonining ichidagina tanishish mumkin. “Gazeta.uz” ish qanday ketayotganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-1-8 19:45

“Kvartplata”dan qarzdorlarni elektrdan uzish reja qilinmoqda. U qachon va nima uchun amalga oshiriladi?

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata”dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. gazeta.uz »

2024-5-3 11:41