Ðåçóëüòàòîâ: 35

O‘zbekiston va AQShning G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va AQShning hududlararo aloqalarini, jumladan, G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va AQSh Kongressi vakillari ishbilarmon doiralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-11-6 06:26

AQShning savdo urushlari tarixi

Donald Tramp Oq uyga qaytganidan ikki oy o‘tib, dunyoning barcha mamlakatlariga boj e’lon qildi. Bu AQSh olib borayotgan birinchi savdo urushi emas. AQSh tarixidagi savdo urushlariga nazar solamiz, unda 18 asrdagi Boston choyxo‘rligidan 1930-yillardagi Smut-Houli qonuni va 2002-yildagi po‘lat bojlarigacha bor. gazeta.uz »

2025-4-9 13:55

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati AQShning Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Kolorado konlar maktabi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda Texnologik metallar oliy maktabini ham tashkil etib, qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni joriy etish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-1-11 12:45

Nyu York AQShning tig‘iz vaqtlarda markazga kirish uchun to‘lov joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi

Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi - kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi. gazeta.uz »

2025-1-6 17:52

AQShning Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi O‘zbekistonga ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi. gazeta.uz »

2024-6-28 14:55