Ðåçóëüòàòîâ: 27

Mirziyoyev va To‘qayev o‘z administratsiyalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni olqishladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘z administratsiyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlikni olqishladi. Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ostonaga tashrif buyurib, u yerda Qasim-Jomart To‘qayev, Roman Sklyar va Yerlan Karin bilan uchrashgandi. gazeta.uz »

2026-6-24 20:03

O‘zbekiston va Turkiya harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Prezident Turkiya bilan harbiy tibbiyot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Unda tibbiyotning qariyb 10 ta yo‘nalishi, jumladan, davolash ishi, stomatologiya va farmatsevtika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, harbiy shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-9 13:29

O‘zbekiston va Pokiston harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni - QK quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Asim Munir bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma mashg‘ulotlar va mudofaa sanoati korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-2-5 17:21

Yaponiya O‘zbekiston bilan “yashil” transformatsiya yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlamoqchi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya so‘nggi uch yil ichida Markaziy Osiyoga, jumladan, O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyurdi. Tokio Toshkent bilan investitsiyalar, raqamlashtirish, dekarbonizatsiya va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish niyatini tasdiqladi. gazeta.uz »

2025-8-29 14:59

O‘zbekiston va YUNISEF bolalar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Tomonlar bolalarga g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-5-27 16:34

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo - 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-8-9 17:21