Ðåçóëüòàòîâ: 59

“Biz ajoyib tajriba orttirdik”. Kannavaro — O‘zbekistonning JCHdagi uchta mag‘lubiyati haqida

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro jamoa ilk bor qatnashgan JCH bosimi uchun “badal to‘laganini” aytdi. U natija uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi, tarkibdagi tez-tez o‘zgarishlarni jarohat va futbolchilarning holati bilan izohladi hamda navbatdagi asosiy maqsad Osiyo kubogi ekanini bildirdi. gazeta.uz »

2026-7-1 09:45

“Biz hammasini yaxshilashimiz kerak”. Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev — O‘zbekiston JCHdan chiqib ketganidan so‘ng

O‘zbekiston jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCHda jamoa umuman boshqa temp, jismoniy kuch va o‘yin sifatiga duch kelganini aytdi. Unga ko‘ra, endi o‘zbek futbolining intiladigan maqsadlari bor. Igor Sergeyev esa jamoa “jahon chempionatiga tasodifan kelib qolmaganini isbotlashi kerakligini” alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-6-28 13:44

“Biz Termizning bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi rolini tiklayapmiz”. Toshkentda Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Gazeta ekspertlar Afg‘onistonning mintaqalar o‘rtasidagi aloqalardagi o‘rnini qanday baholayotgani va nega ishonchni yangi loyihalarning asosiy sharti deb atayotganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-6-5 13:53

“Biz superqahramon libosidamiz, haqiqiy qahramonlar — bolalar”. Superqahramonlar kiyimidagi alpinistlar Bolalar onkologiya markazi bemorlarini yo‘qladi

Bolalarni himoya qilish kunida O‘rgimchak odam, Betmen va boshqa mashhur qahramonlar libosidagi sanoat alpinistlari Bolalar onkologiya markazi tomidan arqonlarda tushib, kichik bemorlarning kayfiyatini ko‘tarish uchun ularga derazalar orqali sovg‘alar ulashdi. Unutilmas uchrashuv - Gazeta reportajida. gazeta.uz »

2026-6-3 15:59

“Biz hech kimga tayana olmaymiz”. Neyrofibromatoz bilan kasallanganlar qanday hayot kechirmoqda?

17-may - Xalqaro neyrofibromatoz haqida xabardorlik kuni. Gazeta O‘zbekistonda shu tashxis bilan yashayotgan qizchaning onasi hamda neyrofibromatozga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi “22/17” mintaqalararo jamoat tashkiloti rahbari bilan kasallikni aniqlash va davolashdagi qiyinchiliklar haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-5-18 13:45

Biz shunday jamiyat yaratdikki, unda odamlar o‘zlari xohlaganidan kamroq farzand ko‘rmoqda — UNFPA eksperti

BMT Aholishunoslik jamg‘armasi eksperti Reychel Snou global darajada odamlar o‘zlari xohlaganidan kamroq farzand ko‘rayotganini ta’kidladi. “Yoshlar nimani xohlashini, ularni farzandli bo‘lishdan nima cheklayotganini, nima mamlakatdan ketishga majbur qilayotganini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash lozim”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-5-14 09:07

“Biz umumiy qadriyatlarga ishonamiz va ko‘priklar quryapmiz”. Toshkentda Yevropa Ittifoqi festivali qanday o‘tdi?

Yevropa kuniga bag‘ishlangan festival Toshkentda o‘nta davlat elchixonalari va hamkor tashkilotlarni jamladi. Mehmonlar madaniy pavilonlar, ta’lim imkoniyatlari va YeIning O‘zbekistondagi loyihalari, jumladan, Erasmus+, investitsiyalar va fuqarolik jamiyati tashabbuslari bilan tanishdi. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-5-4 12:15

“Biz uchun O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalish xususiy sektorni rivojlantirishdir” — OTB rahbari

O‘zbekiston OTBning mintaqa mamlakatlari o‘rtasida energetika va raqamli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarida muhim o‘rin tutadi, deb bayonot berdi OTB prezidenti Masato Kanda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bank ko‘magi, shuningdek, xususiy sektor, ijtimoiy himoya va inson kapitaliga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-5-4 21:27

“Biz havoga pul to‘layapmiz”. Toshkentdagi tadbirkorlar peshtaxtalar uchun to‘lovni bekor qilish va demontajni to‘xtatishni so‘ramoqda

Toshkentdagi tadbirkorlar axborot peshtaxtalari uchun to‘lovlarni bekor qilish va yangi dizayn kodga moslashish uchun vaqt berishni taklif qildi. Ularning ta’kidlashicha, amaldagi qoidalar katta xarajatlarni talab etmoqda, peshlavhalarni demontaj qilish esa biznesga zarar keltirmoqda. gazeta.uz »

2026-4-29 19:09

“Tabiat gapirmaydi, lekin biz uni tushunishimiz kerak” — ekofaol Feruzbek Sayfullayev

Besh yil avval ekofaol Feruzbek Sayfullayev ishlatilgan batareyalar chiqindi poligonlariga tushmasligi uchun ularni yig‘a boshlagandi. So‘ngra uning tashabbusi mamlakat bo‘ylab 170 ta yig‘ish shoxobchasidan iborat tarmoqqa aylandi, xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish masalasiga esa biznes va davlat ham qo‘shildi. gazeta.uz »

2026-2-1 09:16

“Urugvayni qiyin ahvolga solish oson emas, biz yanada yaxshilanishimiz mumkin” — Kannavaro

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Urugvayga mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, shogirdlari o‘yinidan qoniqish hosil qildi. U o‘yinning yuqori sur’ati, tarkibdagi yo‘qotishlar, himoyadagi kamchiliklarni qayd etdi, ammo mavjud bo‘lgan har bir futbolchi jamoa uchun borini berayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-10-14 08:29

“Biz turgan yerga raketa tushib, 30 askar halok bo‘ldi”. Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiya QK safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qamaldi

Rossiyada jinoyat qilib qamalgan, so‘ngra Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosi Romitan tumani sudi tomonidan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ayblanuvchi harbiy harakatlar uchun tayyorgarlik vaqtida raketa zarbasidan yaralangan. U shifoxonadan chiqib, O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2025-7-7 11:04

“Biz juda xalal beramiz”. Velosipedchi Nikolay Sderjikov — Toshkentda velosipedchilarga munosabat haqida

Noyabrda velosipedchi Nikolay Sderjikovni Eski Toshmi yaqinida elektromobil urib yubordi. Hodisa joyiga kelgan inspektor velosipedchiga trotuardan yurish kerakligini ta’kidlagan. Oxir-oqibat bu ish bo‘yicha velosipedchining o‘ziga jarima solingan. U bundan norozi bo‘lib, adolat tiklanishiga umid qilmoqda. gazeta.uz »

2025-2-26 17:09

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar

Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di. gazeta.uz »

2024-11-27 18:09

“Biz onlayn-bankingni haddan tashqari liberallashtirib yubordik” — Markaziy bank raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov onlayn kredit berish bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etilganini izohlarkan, asosiy maqsad fuqarolar mablag‘larining xavfsizligini ta’minlash ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyator bu cheklovlarni 2025-yil aprelidan keyin ham saqlab qolishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2024-11-10 08:36

“Biz hali bu masalada zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”. Shavkat Mirziyoyev — mehnat migratsiyasi haqida

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi. “Vladimir Vladimirovich ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz hali bu masalada har ikki tomondan zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »

2024-5-27 18:12

“Biz o‘zbek-tojik ittifoqchiligini chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga intilishimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”. gazeta.uz »

2024-4-18 17:02

“Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” — “Madad” NNT vakili

Hukumatda “aholi drondan foydalanish madaniyatiga hali to‘la tayyor emas” degan nuqtai nazar bor. “Hozir ommaviy foydalanishga ruxsat bersak, odamlar bir-birining uyida qilayotgan ishini ham dronlar orqali tarmoqlarga chiqarib yuborishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi “Madad” NNT vakili Islombek Abdurahimov. gazeta.uz »

2024-4-15 15:28