Ðåçóëüòàòîâ: 87

Avstraliya bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqini kuchaytiradi

Avstraliyada 16 yoshga to‘lmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash qoidasiga amal qilmagan platformalar uchun jarima miqdorini 2 barobar oshirish taklif qilindi. Cheklovlar joriy etilsa ham, bolalarning aksariyati tarmoqlardan foydalanishda davom etayotgani choralarni kuchaytirishga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-6-30 17:17

O‘zbekistonda ham 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash reja qilinmoqda

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaning Gazeta`ga aytishicha, ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. “Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-6-27 09:40

Kanada 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni reja qilmoqda

Kanada 16 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlamoqchi. Hukumatga kiritilgan qonun loyihasida, shuningdek, SIga asoslangan chat-botlar xavfsizligini nazorat qiluvchi raqamli regulyator tashkil etish va talablarni buzganlik uchun yirik miqdorda jarimalar qo‘llash ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-12 18:00

Xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq 1 foizga tushiriladi, tibbiy jihozlar va maxsus avtotransportlar uchun bojxona imtiyozi uzaytiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga jalb etiladigan xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq 1 foizga tushiriladi, shuningdek, tibbiyot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan tibbiy jihozlar, ehtiyot qismlar va maxsus avtotransport vositalari 2029-yil 1-iyunga import bojxona bojidan ozod etiladi. gazeta.uz »

2026-5-6 12:54

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga 1 foizli ijtimoiy soliq stavkasi qo‘llanadigan bo‘ldi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan 3 yil muddatga to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun 1 foizli ijtimoiy soliq stavkasi qo‘llanadigan bo‘ldi. Shuningdek, 2026-yilda bu sohada ishlab chiqarish hajmini 9 foizga oshirish, eksport hajmini esa 3,3 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-23 19:33

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz qo‘lga olindi

DXX tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz ushlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Ular O‘zbekistonda taqiqlangan terroristik tashkilotlarga tegishli audio-video materiallar va da’vatlarni tarqatish bilan shug‘ullangan. gazeta.uz »

2025-8-12 15:29

O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlarga davlat investitsiyalarini rejalashtirish geoportali ishga tushdi. U qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda ilk bor maktablar, bolalar bog‘chalari, poliklinikalar raqamli xaritaga joylashtirildi. Ma’lumotlar Strategik islohotlar agentligi ishga tushirgan geoportalda mavjud. Gazeta yangi platforma ijtimoiy sohani rivojlantirishni rejalashtirishga qanday yordam berishi haqida so‘zlaydi. gazeta.uz »

2025-8-4 17:47

O‘zbekistonda ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar pasporti tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, BHMning 60 baravarigacha miqdordagi ijtimoiy yordam “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-7-29 10:10

Markaziy bank ijtimoiy nafaqalarni kredit qarzlari uchun yechib olayotgan tashkilotlarni ogohlantirdi

Markaziy bank ijtimoiy nafaqalarni fuqaro roziligisiz kredit qarzi uchun yechib olayotgan tashkilotlarni bu insofsiz amaliyot deb baholanishi haqida ogohlantirdi. Regulyator avtomatik undiruv tizimlarini qayta ko‘rib chiqish, shikoyat tushganda esa yechib olingan mablag‘ni qaytarib berish kerakligini qayd etgan. gazeta.uz »

2025-7-1 10:18

O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlar holatini kuzatishga yordam beradigan geoportal yaratildi

Ijtimoiy sohaga davlat investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha geoportal ishlab chiqildi, uni sentabr oyida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Portal orqali maktablar, poliklinikalar, yo‘llar va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-6-20 14:32

O‘zbekiston Vengriya bilan ijtimoiy himoya, soliq va hududlarni rivojlantirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashadi

O‘zbekiston prezidenti Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar, xususan, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-5-20 16:25

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar va reaksiyalar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tuzatishlar Tojikiston prezidenti huquq-tartibot idoralarini asossiz jinoiy ishlar uchun tanqid qilib, bu amaliyotga “nuqta qo‘yish”ni talab qilganidan so‘ng qabul qilindi. gazeta.uz »

2025-5-14 15:50

Ijtimoiy tarmoqlarda prezident maktablari ishtirokining PISA tadqiqoti natijalariga ta’siri muhokama qilinmoqda

Tarmoqlarda O‘zbekistondagi barcha prezident maktablarining PISA xalqaro tadqiqotida ishtirok etishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bu xabarlarga javoban maktablar IHTT tomonidan tanlab olingani va “vazirlikka ko‘zbo‘yamachilik emas, haqqoniy tahlil kerak”ligini aytdi. gazeta.uz »

2025-5-12 14:12

“Manipulyatsiya kampaniyasiga o‘xshaydi”. Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyni boykot qilishga chaqiriqlar qanday paydo bo‘ldi?

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida Xitoy fuqarolariga yerlar sotilgani haqida mish-mishlar va Xitoyni boykot qilishga chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda. Rasmiylar buni manipulyatsiya deb atadi, iqtisodchilar esa investorlar oldidagi qo‘rquvning asossizligini ta’kidladi. “Gazeta.uz” nima bo‘layotganini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-3-12 08:02