Ðåçóëüòàòîâ: 54

Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirilish reja qilinmoqda

Qoraqalpog‘istonni 2026-yilda rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud qilish rejalashtirilgan. Respublika bo‘ylab ishsizlik darajasini 4,2 foizgacha, kambag‘allikni esa 3,2 foizgacha qisqartirish maqsad qilingan. gazeta.uz »

2026-3-2 10:17

O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hisob-kitoblar, jumladan, hududlar kesimida tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilovchi minimal iste’mol xarajatlari, e’lon qilish muddati 20-yanvargacha bo‘lishiga qaramay, haligacha ochiqlanmadi. IMV bu ko‘rsatkichning inflyatsiyadan farq qilishi sabablarini tushuntirib, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik ko‘rsatkichini joriy etish ishlari ketayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-13 23:05

Yil oxirigacha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6% gacha kamayishi kutilmoqda. Kelgusi yilgi maqsad — 4,5%

Prezident aholi bandligi va kambag‘allikni kamaytirishni muhokama qildi. Yil oxirigacha uning darajasi (yil boshidagi 8,9% dan) 6% ga, kelgusi yil esa 4,5% gacha tushishi kerak. Eng muammoli mahallalarga e’tibor qaratish, elektr, internet, tomorqadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi. gazeta.uz »

2025-12-9 20:35

“Yagona samarali usul — iqtisodiyotning o‘sishi”. Behzod Hoshimov — kambag‘allikni qisqartirish haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov kambag‘allikka qarshi kurashda eng samarali usul iqtisodiy o‘sish ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, tadqiqotlar kambag‘allik masalasida Afrika mamlakatlari va Hindistondagi kabi eksperimental intervensiyalar uzoq muddatda yaxshi ta’sirga ega bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2025-9-20 11:36

Inklyuzivlik, iqlimga mos yechimlar, dalillarga asoslangan siyosat. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumi qanday o‘tdi?

Namanganda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi yakunlandi. Uning doirasida 495 mln dollarli kelishuv va memorandumlar imzolandi. Kambag‘allikni qisqartirishning bozorga mos ko‘nikmalar, inklyuzivlik, iqlimga mos yechimlar, dalillarga asoslangan siyosat kabi yo‘nalishlari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-9-19 15:39

Prezident — O‘zbekiston kambag‘allikka qarshi qanday kurashayotgani haqida

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bandlik, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va infratuzilmani qamrab oluvchi kompleks dastur amalga oshirilmoqda. Prezident e’tibor nafaqat aholining kam ta’minlangan qatlamini ish bilan ta’minlash, balki barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilayotganini aytdi. gazeta.uz »

2025-9-17 13:19

2030-yilgacha mutlaq kambag‘allikka barham berishga imkonimiz bor — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilga qadar kambag‘allikni 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan majburiyatini barvaqt bajarishga harakat qilayotganini ta’kidladi. “2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-9-17 10:32

Kambag‘al oila farzandlari to‘garak xarajatlarining bir qismi kompensatsiyalanadi

O‘zbekistonda davlat kambag‘al oilalar farzandlari uchun IT, chet tillari va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar narxining 80% gacha qismini qoplaydigan tartib tasdiqlandi. To‘garak xarajatlarini qisman qoplash martdayoq rejalashtirilgan bo‘lib, bu uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratilgan. gazeta.uz »

2025-6-24 23:19

Prezident ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirgan hokimlarning maoshlariga “ikki karra bonus” berishni va’da qildi

Shahrisabzga poyezd safari chog‘ida prezident yo‘lsiz iqtisod bo‘lmasligini aytib, Qashqadaryoning ichki yo‘llarini yangilash bo‘yicha OTB bilan muzokaralar olib borishni buyurdi. U ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish, investitsiyalarni jalb qilganlik uchun hokimlar maoshlariga “ikki barobar bonus” berishni va’da qildi. gazeta.uz »

2025-6-20 13:18

Bosh vazir o‘rinbosari — kambag‘allikni qisqartirish, xususiylashtirish va DXSh loyihalari haqida

O‘zbekistonning energetika, transport va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga yillik ehtiyoji YIMning qariyb 10 foizini ($11,5 mlrd) tashkil etadi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Kelasi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-5-8 20:39

Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9,6 foiz emas, balki 16,8 foiz bo‘lardi — Jahon banki

Jahon bankiga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar oqimi Qirg‘iziston va Tojikistonga qaraganda xilma-xilroq: ularning 57 foizi Rossiyani tanlaydi, 15 foizi Qozog‘istonda, 10 foizi Ukrainada ishlamoqda. O‘zbekiston YAIMda migrantlar o‘tkazmalari ulushi 14 foizni tashkil etadi, bu ham qo‘shnilarga qaraganda kamroq. gazeta.uz »

2025-3-11 15:32

1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi. Unga ko‘ra, texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joyini tiklash uchun yordam ko‘rsatiladi. gazeta.uz »

2025-2-12 08:02

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi

Samarqand viloyati va Toshkent shahrida 2025-yil 1-fevraldan sinov tariqasida kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Loyiha 1-maygacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-1-21 09:42

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarga qarab turish tizimi yo‘lga qo‘yiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarning 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bunda xususiy sektor ishtirok etadi va u xizmat ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi. gazeta.uz »

2024-12-13 09:44

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident

Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, - dedi davlat rahbari. gazeta.uz »

2024-10-15 19:15

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha foizsiz va garovsiz qarz beriladi

O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Mablag‘ kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi. gazeta.uz »

2024-9-24 11:04

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi. gazeta.uz »

2024-9-12 08:03