Ðåçóëüòàòîâ: 28

Yil oxirigacha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6% gacha kamayishi kutilmoqda. Kelgusi yilgi maqsad — 4,5%

Prezident aholi bandligi va kambag‘allikni kamaytirishni muhokama qildi. Yil oxirigacha uning darajasi (yil boshidagi 8,9% dan) 6% ga, kelgusi yil esa 4,5% gacha tushishi kerak. Eng muammoli mahallalarga e’tibor qaratish, elektr, internet, tomorqadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi. gazeta.uz »

2025-12-9 20:35

Ifloslanishni kuchaytiruvchi havodagi inversiya kelasi hafta oxirigacha davom etadi — O‘zgidromet

Havodagi ifloslanishni kuchaytiruvchi inversiya holati kelasi hafta oxirigacha davom etishi mumkin, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. U 24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgandi. Agentlik holat tabiiy va vaqtinchalik jarayon ekanini aytib, zarurat tug‘ilganda tezkor choralar ko‘rilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2025-11-23 14:16

Chirchiq, Bekobod, Angren va Olmaliqdagi tozalash inshootlari yil oxirigacha ishga tushadi — “O‘zsuvta’minot”

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 68 ta tozalash inshooti qurilishi uchun 840 mln dollar ajratildi, shundan 200 mln dollari o‘zlashtirildi, dedi “O‘zsuvta’minot” rahbari Ahmad Suvanqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyiga qadar Chirchiqda oqova suvlarni tozalash uchun yangi inshoot ishga tushiriladi. gazeta.uz »

2025-8-16 12:12

O‘zbekistonda 2030-yil oxirigacha YTT va o‘zini bandlaganlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi

2030-yil oxiriga qadar YTTlar va o‘zini band qilganlar uchun yagona raqamli platformaga ega alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U orqali faoliyatni rasmiylashtirish, hisob-kitoblarni boshqarish, soliq to‘lash, chek yaratish va elektron hamyon ochish mumkin bo‘ladi. Hujjatlar elektron kalitsiz imzolanadi. gazeta.uz »

2025-8-12 22:34

O‘zbekistonda 2030-yil oxirigacha YATT va o‘zini bandlaganlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi

2030-yil oxiriga qadar YATTlar va o‘zini band qilganlar uchun yagona raqamli platformaga ega alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U orqali faoliyatni rasmiylashtirish, hisob-kitoblarni boshqarish, soliq to‘lash, chek yaratish va elektron hamyon ochish mumkin bo‘ladi. Hujjatlar elektron kalitsiz imzolanadi. gazeta.uz »

2025-8-12 22:34

Rossiya avgust oxirigacha benzin eksportini to‘liq taqiqladi, ammo bu O‘zbekistonga ta’sir qilmaydi

Rossiya avgust oyi oxirigacha benzin eksportiga to‘liq taqiq joriy qildi. Cheklov bevosita neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ham taalluqlidir. “Taqiq xalqaro hukumatlararo bitimlar doirasidagi kelishuvlarga tatbiq etilmaydi, O‘zbekiston bilan bu bitim mavjud”, - dedi Energetika vazirligi Gazeta`ga. gazeta.uz »

2025-7-29 09:04

Prezident Navoiy — Buxoro tezyurar temiryo‘lini 2025-yil oxirigacha qurib bitkazishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga Navoiy - Buxoro tezyurar temiryo‘lini yil oxirigacha bitkazishni topshirildi. Shuningdek, Nukus - Miskin temiryo‘lini elektrlashtirish, Toshkent - Parkent temiryo‘li qurilishini yakunlash va 1-sentabrga qadar Toshkent - Urgut temiryo‘l uchastkasini qurish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. gazeta.uz »

2025-5-28 15:48

Toshkentdagi 500 ta bekatda yanvar oyi oxirigacha bir martalik chiptalar sotuvchi infokiosklar o‘rnatiladi — Transport boshqarmasi

Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt hokimligi va tadbirkorlar bilan hamkorlikda yanvar oyi oxirigacha avtobuslarda yo‘lkira to‘lash uchun bir martalik QR-chiptalar sotuvchi infokiosklar sonini 675 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ularning aksariyati avtobus bekatlariga joylashtiriladi. gazeta.uz »

2025-1-18 16:57

2024-yil oxirigacha dorilarning elektron retseptlariga o‘tish rejalashtirilmoqda — SSV rahbari

SSV rahbari 2024-yil oxirigacha Toshkent shahrida dori vositalariga elektron retseptlar joriy etish rejalarini ma’lum qildi. Bu tizim raqobat muhitini yaratib, shifokorlarning “juda ko‘p keraksiz dori-darmonlar"ni yozib berishining, shuningdek, kontrabanda mahsulotlari sotilishining oldini oladi, dedi u. gazeta.uz »

2024-7-4 20:40