Ðåçóëüòàòîâ: 6

Envirol O‘zbekistonda oqova suvlarni tozalash va yog‘larni qayta ishlash loyihasiga 50 mln dollar investitsiya kiritadi

O‘zbekistonda Envirol kompaniyasi (BAA) ishtirokida 50 mln dollarlik oqova suvlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshiriladi. Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov ma’lum qilishicha, kompaniya yog‘larni ushlab qoladigan maxsus filtrlar o‘rnatadi va ularni sovun hamda yoqilg‘i sifatida qayta ishlaydi. gazeta.uz »

2025-10-8 14:28

Chirchiq, Bekobod, Angren va Olmaliqdagi tozalash inshootlari yil oxirigacha ishga tushadi — “O‘zsuvta’minot”

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 68 ta tozalash inshooti qurilishi uchun 840 mln dollar ajratildi, shundan 200 mln dollari o‘zlashtirildi, dedi “O‘zsuvta’minot” rahbari Ahmad Suvanqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyiga qadar Chirchiqda oqova suvlarni tozalash uchun yangi inshoot ishga tushiriladi. gazeta.uz »

2025-8-16 12:12

Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi

Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2024-3-30 20:53