Ðåçóëüòàòîâ: 17

Navoiy hokimligi sun’iy intellekt yordamida ishlangan obodonlashtirish suratlari uchun uzr so‘radi

Navoiydagi Hayot mahallasini obodonlashtirishga oid suratlarda sun’iy intellektdan foydalanilgani shahar hokimligi tomonidan tan olindi. Bu foydalanuvchilar tanqididan so‘ng ma’lum qilindi. Tasvirlar haqiqiy o‘zgarishlarni ko‘rgazmali aks ettirish uchun tayyorlangan, ammo tekshirilmasdan e’lon qilingan. gazeta.uz »

2026-8-11 19:53

Toshkentda jaziramada xodimlarni ishlatgan Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

Davlat mehnat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan o‘tkazilgan o‘rganishda Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi anomal issiqda xodimlarga xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini ta’minlamaganini aniqladi. Boshqarma boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi. gazeta.uz »

2026-7-24 10:27

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Turon mahallasi hovlisini obodonlashtirish loyihasi aholi noroziligidan so‘ng o‘zgartirildi. U qanday ko‘rinish oldi?

Yoz boshida Mirzo Ulug‘bek tumani Turon mahallasidagi 1 va 2-uylar hovlisidagi bolalar maydonchasini kutilmaganda demontaj qilish boshlandi. Tuman hokimligi e’lon qilgan obodonlashtirish loyihasiga ko‘ra, bu yerda barbekyu zonasi va favvora qurish rejalashtirilgan edi. Aholi esa loyihani o‘zgartirishga erishdi. gazeta.uz »

2026-7-8 08:10

Toshkentning Bobur ko‘chasida 174 ta daraxt kesilishi yuzasidan obodonlashtirish xodimlariga jinoyat ishi ochildi

Toshkentda 174 ta daraxt va butalar kesilishi yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari va boshqalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Daraxtlar kesilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan, hokimlik mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini va’da qilgandi. gazeta.uz »

2025-11-11 15:27

2026-yilda Toshkent mahallalarini obodonlashtirish va gastroko‘chalar qurish uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

Prezidentga Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi. Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT tizimi yana 10 ta ko‘chada paydo bo‘ladi. Mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 23:40

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin. gazeta.uz »

2024-8-12 07:50

Toshkentda obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalari auksionga qo‘yiladi va xususiy sheriklarga beriladi

Toshkentda 15-apreldan boshlab tuman obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari auksion orqali xususiy sheriklarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2024-3-30 20:53

“Yolg‘onlar shahri”. Andijon shahri deputati — obodonlashtirish boshqarmasi xarajatlaridagi tafovut va ko‘chat narxining oshirib ko‘rsatilgan narxi haqida

Andijon shahri deputati Jahongir Jiyanov obodonlashtirish boshqarmasining xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarda 4 mlrd so‘mlik farq borligini aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma salkam 2 mlrd so‘mga uchta o‘simlik qalamchasi sotib olgan. Hokim esa texnik xatolik yuz berganini aytdi. gazeta.uz »

2024-2-22 18:08