Ðåçóëüòàòîâ: 52

“Uch oyda xodimlar tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi” — Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

2026-yilning yanvar-mart oylarida ichki ishlar xodimlari tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan 32 nafar xodim tizimdan bo‘shatildi. IIV rahbari o‘rinbosariga ko‘ra, o‘tgan uch oyda 10 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi, 39 nafari esa jarohatlandi. gazeta.uz »

2026-4-12 10:33

Prezident 117 ta vazirlik va idoradagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlarini ishdan olishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish va o‘rniga professional kadrlardan qo‘yishni topshirdi. Shuningdek, SSV, Qurilish va Suv xo‘jaligi vazirliklari Antikorrupsiya agentligining komplayens nazoratiga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-3-5 10:33

Prezident ayrim hududlar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurganini ta’kidladi. Davlat rahbari bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligini aytdi. gazeta.uz »

2025-3-5 10:17

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident

2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarning 70 foizi ichki bozorda sotildi. Prezident qo‘shni bozorlarda butlovchi qismlarni ortiqcha to‘lovsiz yetkazib berish uchun yirik uzelli yig‘uv korxonasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. gazeta.uz »

2024-9-5 12:28

Jahon banki 2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini biroz pasaytirdi

Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi. gazeta.uz »

2024-4-15 08:25