Ðåçóëüòàòîâ: 49

Yangi Komplayens nazorat xizmati sud xodimlarining ish va ishdan tashqari vaqtda odob-ahloqini nazorat qiladi

Oliy sud Komplayens nazorat xizmati korrupsiya xavf-xatarlarini baholashdan tashqari, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘ladi. Tuzilma sud xodimlarining ish va ishdan tashqarida odob-ahloqqa rioya etishini nazorat qiladi. Sudyalar daromadlari va mol-mulki deklaratsiyalanadi. gazeta.uz »

2026-6-9 12:47

Ekologiya sohasida nazorat va javobgarlikni oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi takliflar bilan tanishdi. Unda atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar uchun javobgarlikni oshirish, moliyaviy sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish, noyob maskanlarni saqlash va ularni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. gazeta.uz »

2026-4-30 17:51

“Vaziyat boshidanoq nazorat ostida edi”. Japarov — Qirg‘izistondagi siyosiy intrigalar haqida

Qirg‘iziston prezidenti MXDQ sobiq raisi Qamchibek Tashiyev iste’fosi va parlamentdagi siyosiy intrigalarga izoh berdi. Japarov vaziyatni boshidanoq nazorat qilgani, qonun oldida yaqin do‘stlari va qarindoshlari ham teng ekanini ta’kidladi: “Men uchun „do‘st“, „qarindosh“, „yaqin inson“ degan tushunchalar yo‘q”. gazeta.uz »

2026-4-28 20:03

O‘zbekistonda sobiq amaldorlarga ular nazorat qilgan kompaniyalarga o‘tish cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun 2 yillik “sovutish davri” joriy etilishi mumkin: ular ish ketganidan so‘ng avval nazorat qilgan tashkilotlarda ishlay olmaydilar. Shuningdek, “Korrupsiya xavflari xaritasi” tuziladi, “Toza biznes” dasturi amalga oshiriladi va antikorrupsiyaga oid boshqa tadbirlar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-2-17 15:49

Biometriya, blokirovka va sessiyalarni nazorat qilish. O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?

O‘zbekistonda bank va to‘lov tashkilotlari uchun yangi kiberxavfsizlik qoidalari kuchga kiradi. Ular JSHSHIRni tekshirish, hayotiylikni aniqlash orqali biometrik identifikatsiya, yangi qurilmadan kirganda kartalarni o‘chirish, qo‘ng‘iroq vaqtida ilovalarni bloklash, “aktiv sessiyalar” bo‘limi va boshqalarni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-1-21 13:15

O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari sifati monitoringi uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushadi

2027-yilgacha O‘zbekistonning olis va boshqa hududlarida raqamli va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini monitoring qilish uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi. Axborot sohasida nazorat va monitoring vakolatlari berilgan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi soha regulyatori etib belgilandi. gazeta.uz »

2025-12-12 14:57

Nazorat qiluvchi xodimlarga avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarni jarimaga tortish huquqi berildi

Transport vazirligi monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berilganini ma’lum qildi. Toshkent shahrida 11 oy davomida 19,5 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi. gazeta.uz »

2025-12-3 09:22

“Vaziyat nazorat ostida”: Qurilish vazirligi — qurilishning kommunikatsiyaga yuklamasi haqida

Deputat Sayyora Jumayeva hovli va mahallalardagi ko‘p qavatli yangi uylar mavjud kommunal tarmoqlarning imkoniyatlarini hisobga olmay qurilayotganidan xavotir bildirdi. Qurilish vazirligi quvvat yetarli bo‘lmasa, tarmoqqa ulanish taqiqlanishini ma’lum qildi va Toshkent shahridagi shunday holatni misol keltirdi. gazeta.uz »

2025-10-10 18:03

Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlarga geolokatsiya orqali nazorat qiladigan “Amina” ilovasini o‘rnatish majburiy bo‘ldi

1-sentabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatiga ishlash uchun keladigan O‘zbekiston va yana sakkizta davlat migrantlari ro‘yxatdan o‘tish uchun “Amina” mobil ilovasini o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Ilova ularning geolokatsiyasini Rossiya IIVga yuborib turadi. gazeta.uz »

2025-8-26 17:22

“Chigirtka — nazorat qilinadigan hodisa”. O‘zbekistonda bu hasharot bosqiniga qarshi qanday kurashilmoqda?

Bu yil O‘zbekiston yana chigirtkalar bosqiniga duch keldi. Gazeta O‘simliklar karantini va himoyasi mutaxassislaridan vaziyat qanchalik jiddiyligi, zararkunandalarga qarshi profilaktika va kurash qanday olib borilayotgani hamda o‘choqlar yuzaga kelishiga qanday omillar ta’sir qilishi haqida bilib oldi. gazeta.uz »

2025-7-9 17:17

Isroildan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat punktlari va aviaqatnovlar bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat-o‘tkazish punktlari va transport yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, elchixona Isroil rasmiylari va front orti tuzilmalarining ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-6-18 09:23

Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning vakolatlari Hisob palatasiga o‘tkaziladi

Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatildi. Davlat rahbari organ faoliyatini keskin tanqid qildi. “Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?”, - deya qayd etdi u. gazeta.uz »

2025-6-16 09:38

Bojxonada shaxs, transport va tovarning xavf darajalariga ko‘ra nazorat yo‘laklari joriy etiladi

Endi tovarlar rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi yashil, sariq, qizil va ko‘k yo‘laklar kesimida tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalari hamda ularga nisbatan qo‘llanadigan bojxona nazorati shakllari va hajmini belgilaydi. gazeta.uz »

2025-4-1 10:17

Prezident 117 ta vazirlik va idoradagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlarini ishdan olishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish va o‘rniga professional kadrlardan qo‘yishni topshirdi. Shuningdek, SSV, Qurilish va Suv xo‘jaligi vazirliklari Antikorrupsiya agentligining komplayens nazoratiga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-3-5 10:33

Marburg virusini oldini olish maqsadida chegaradagi sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirildi — SES

Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani va “jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q”ligini bildirdi. Chegaralardagi sanitariya nazorat punktlarining hushyorligi oshirildi, gumonlanganlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash belgilandi. gazeta.uz »

2024-10-9 09:39

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi. gazeta.uz »

2024-9-12 08:03

Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining sumka va telefonini nazorat qilishga haqlimi? Rasmiyning javobi

Asosan davomatni ta’minlash uchun maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlarning vakolatlari qayerda boshlanib, qayerda tugashi jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda. “Gazeta.uz” Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i Zafar Alimov bilan xodimlarning mavjud vakolatlari haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2024-2-23 15:52