Ðåçóëüòàòîâ: 9

Sadir Japarov Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylashga chaqirdi

Sadir Japarov jahon yetakchilarini iyundagi saylovlarda Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylashga chaqirdi. U o‘z mamlakati “pragmatik va siyosiylashtirilmagan qarorlar”ni ilgari surishga tayyorligini hamda MO davlatlarining yakdil qo‘llab-quvvatloviga ega ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-18 12:28

“Vaziyat boshidanoq nazorat ostida edi”. Japarov — Qirg‘izistondagi siyosiy intrigalar haqida

Qirg‘iziston prezidenti MXDQ sobiq raisi Qamchibek Tashiyev iste’fosi va parlamentdagi siyosiy intrigalarga izoh berdi. Japarov vaziyatni boshidanoq nazorat qilgani, qonun oldida yaqin do‘stlari va qarindoshlari ham teng ekanini ta’kidladi: “Men uchun „do‘st“, „qarindosh“, „yaqin inson“ degan tushunchalar yo‘q”. gazeta.uz »

2026-4-28 20:03

“Oldingi prezidentlarning xatosini takrorlamaymiz”. Sadir Japarov — nepotizmga yo‘l qo‘ymasligi haqida

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘z yaqinlarini davlat ishlariga yo‘latmasligi, ular xususiy biznes bilan shug‘ullanishini ta’kidladi. Ammo OAV uning qudalari yuqori lavozimlarga qo‘yilgani, farzandi esa yirik moliyaviy loyihalarda paydo bo‘lganini qayd etgan. gazeta.uz »

2026-4-28 19:30

“Davlat manfaatlari do‘stlikdan ustun”. Japarov Tashiyevni nega ishdan olganini tushuntirdi

Sadir Japarov MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyevni ishdan bo‘shatish qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohladi. Unga ko‘ra, nizo parlamentda chiqqan: u yerda deputatlarni taraflarga ajratish, “general” bilan qo‘rqitish, keyin esa muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlangan. gazeta.uz »

2026-2-13 16:32

Sadir Japarov OAVga oid yangi qonunni imzoladi, unda mediaga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilgan

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov OAV to‘g‘risida qonun imzoladi: endi internet platformalari, jumladan, sayt va bloglar ham majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Avvalroq huquqshunoslar qonun OAV ishini jiddiy ravishda cheklashini aytib, prezidentni parlament qabul qilgan qonunni rad etishga chaqirgandi. gazeta.uz »

2025-8-7 10:23