Ðåçóëüòàòîâ: 34

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin — energetika vaziri

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi energetika vaziri Yerlan Akkenjenov. Birinchi chorakda O‘zbekistonda neft mahsulotlari xaridi 42 foizdan ko‘proqqa, benzin xaridi esa ikki baravardan ziyodga oshgan. Asosiy yetkazib beruvchi Rossiya bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-4-23 15:18

Malayziya aviakompaniyalari O‘zbekistondan beshinchi havo erkinligini berishni so‘ramoqda — elchi Karomidin Gadoyev

Malayziyadan Samarqand va Buxoroga reyslar ko‘rib chiqilmoqda, ammo qaror turistlar oqimining qaytish yo‘nalishida ham qay darajada bo‘lishiga bog‘liq, dedi Kuala Lumpurdagi elchi Karomidin Gadoyev. Unga ko‘ra, Malayziya aviakompaniyalari O‘zbekistonda havoning beshinchi erkinligini olishni ham istamoqda. gazeta.uz »

2026-1-20 21:55

O‘zbekiston 2026-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishda davom etadi. Tegishli shartnoma Energetika vazirligi va DABS kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari qurilishini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-11-18 08:37

Pentagon Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berishni ma’qulladi — CNN

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini topshirishni ma’qulladi, deb yozmoqda CNN. Yakuniy qarorni AQSh prezidenti qabul qiladi. Avvalroq Putin Trampga Ukraina Tomahawks`dan Moskva va Sankt Peterburgga zarba berishda foydalanishi mumkinligi, bu Rossiya-AQSh munosabatlariga zarar yetkazishidan ogohlantirgandi. gazeta.uz »

2025-11-1 21:10

Toshkentda soliqdagi tanishlari orqali yordam berishni aytib, tadbirkordan 35 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya hisobchisi firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. U 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilgan. gazeta.uz »

2025-10-28 07:45

O‘zbekistonda arzon kreditda mashina olib berishni va’da qilib, 843 nafar odamni aldagan va 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

O‘zbekiston bo‘ylab 843 nafar odamni aldab, ularning 50,1 mlrd so‘m pulini o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi. Ular vtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganarni 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘radi. gazeta.uz »

2025-6-30 15:21

“O‘zbekiston amerikaliklarga viza berishni yengillashtirishi kerak. Bundan faqat o‘zbekistonliklar yutadi”

Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida. gazeta.uz »

2024-3-19 10:55