Ðåçóëüòàòîâ: 300

Investorlar O‘zbekistonga nimalarni taklif qildi? Muqobil jamg‘armalar, qayta tiklanuvchi energiya va DXSh uchun soliq rejimi

Xorijiy investorlar kengashida xalqaro kompaniyalar vakillari investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar berdi. Bular muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi qonun, qayta tiklanuvchi energiya loyihalari uchun tartibni soddalashtirish, DXSh loyihalar uchun soliq rejimi va boshqalar. gazeta.uz »

2026-6-19 17:01

Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturining ikkinchi bosqichi uchun $150 mln miqdorida imtiyozli moliyalashtirish mablag‘lari ajratilishini ma’qulladi. Dastur 2031-yilgacha oltita viloyatning 296 ta mahallasida yo‘llar, suv va elektr tarmoqlarini yaxshilashga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2026-6-18 12:16

O‘zbekistonga oid risklarni idrok etish real vaziyatga mos bo‘lishi kerak — vazir maslahatchisi

O‘zbekiston tashqi moliyalashtirish uchun ortiqcha haq to‘lamaslik maqsadida mamlakat riskining aniqroq baholanishiga erishishi lozim, dedi Jasur Qarshiboyev. Unga ko‘ra, institutsional ko‘rsatkichlar ko‘pincha faqat faktlarga emas, balki subyektiv qarashlarga asoslanadi, bu qarz jalb etish qiymatini oshirishi mumkin. gazeta.uz »

2026-6-17 12:52

O‘zbekistonga gaz importi 508 mln dollarga yetdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqildi

Milliy statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-aprelda $508,3 mlnlik tabiiy gaz import qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 53,6 foizga ko‘p. Shu bilan birga, yangilangan statistikada 2025-yilning 4 oyi bo‘yicha ko‘rsatkich o‘tgan yilgi hisobotdagidan $180,4 mlnga yuqori bo‘lib chiqdi. Gaz eksporti qisqargan. gazeta.uz »

2026-6-12 13:34

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun imtiyozli eksport krediti ajratadi — Putin

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun imtiyozli eksport krediti ajratadi, dedi Putin stansiyaning ilk betonini quyish marosimida. Unga ko‘ra, “Rosatom” reaktor yonilg‘isini yetkazib berish, stansiyaga xizmat ko‘rsatish va ishlatilgan yadroviy material bilan ishlash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. gazeta.uz »

2026-6-5 11:30

Rossiya aviakerosin eksportini taqiqladi, lekin buning O‘zbekistonga ta’siri yo‘q

Rossiya 30-noyabrgacha aviakerosin eksportiga taqiq qo‘ydi. O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hukumatlararo bitim tufayli bu cheklov mamlakatga ta’sir ko‘rsatmaydi. O‘zbekistonning o‘zi aviayonilg‘i ishlab chiqarishni 2030-yilgacha 600 ming tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-6-2 11:35

Ukrainada ko‘rshapalaklarni qanday qutqarishadi va bu tajriba O‘zbekistonga nimani o‘rgatishi mumkin? Zoolog Anton Vlashchenko bilan intervyu

Ko‘rshapalaklar haqida ko‘plab miflar bor. Ular odamlarga hujum qiladi, xavfli kasalliklar tarqatadi, deyishadi. Haqiqat va uydirmalarni ajratishda Gazeta’ga Ukraina qo‘lqanotlilarni reabilitatsiya qilish markazi asoschisi Anton Vlashchenko yordam berdi. Uning jamoasi har yili minglab ko‘rshapalaklarni qutqaradi. gazeta.uz »

2026-5-12 16:14

“O‘zbekistonga qiziqishimiz va xavflarga nisbatan „ishtahamiz“ ortdi” — OTB departamenti rahbari

Islohotlar va reyting agentliklari baholari yaxshilanishi fonida OTBning O‘zbekistondagi xavflarga nisbatan “ishtahasi” ortgani qayd etildi, dedi Izabel Chatterton. Shu bilan birga, u dengizga chiqish imkoni yo‘qligi logistik cheklovlar yaratishini tan oldi, biroq bu endi jiddiy to‘siq emasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-4 14:47

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin — energetika vaziri

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi energetika vaziri Yerlan Akkenjenov. Birinchi chorakda O‘zbekistonda neft mahsulotlari xaridi 42 foizdan ko‘proqqa, benzin xaridi esa ikki baravardan ziyodga oshgan. Asosiy yetkazib beruvchi Rossiya bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-4-23 15:18

Jahon banki O‘zbekistonga gaz uzatishda sizib chiqishni bartaraf etish loyihasi uchun 10,6 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar eskirgan gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqish holatlarini kamaytirish hamda mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini ta’minlash uchun tabiiy gazni tejashga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-3-27 13:22

Blackrock O‘zbekistonga investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davosda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi. Kompaniya direktorining O‘zbekistondagi qator korxonalar kapitaliga kirish, qo‘shma investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. gazeta.uz »

2026-1-22 18:05

“Rossiyada shovinistik siyosatni yuritayotgan o‘nga yaqin shaxsning O‘zbekistonga kirishini taqiqlash kerak” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklar ro‘yxatini tuzib, buni TIV bilan muhokama qilmoqchi. Alisher Qodirov o‘zida Rossiyada shovinistik siyosatni yuritayotgan o‘nga yaqin shaxs ro‘yxati borligini qayd etarkan, ularga taqiq qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. gazeta.uz »

2026-1-19 14:41

Jahon banki O‘zbekistonga talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollar kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston uchun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. U talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan EduImkon dasturiga yo‘naltiriladi. Dastur 3 yil ichida 600 ming yoshlar uchun ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam berishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-12 08:04

O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident farmoni bilan Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. gazeta.uz »

2025-11-26 09:56