O‘zbekistonda birinchi chorakdagi tug‘ilishlar soni yana kamayib, o‘limlar ortdi
O‘zbekistonda birinchi chorakda tirik tug‘ilganlar soni 191,1 ming nafarni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 7 ming nafarga kam. Vafot etganlar soni esa 43,5 ming kishini tashkil qilib, o‘tgan yilgiga nisbatan 2,1 ming nafarga ko‘paygan. Bu tendensiya 2023-yildan buyon davom etmoqda. gazeta.uz »
