Ðåçóëüòàòîâ: 51

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi ayollarning deyarli 70 foizi tug‘uruq paytida qo‘pol munosabatga duch kelgan — BMT

Sharqiy Yevropa va MO davlatlaridagi ayollarning deyarli 70 foizi tug‘uruq jarayonida qo‘pol munosabatga duch kelgan. YUNFPA hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi so‘rovnoma ishtirokchilarining uchdan ikki qismi madaniy va ijtimoiy normalar sababli “akusherlik zo‘ravonligi” atamasini bilmaydi. gazeta.uz »

2026-3-13 15:56

O‘zbekistonda tug‘ilgan Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi elchisi bo‘ldi

Qrim-tatar siyosatchisi, jurnalist va huquq himoyachisi Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan va bolaligida Qrimga ko‘chib ketgan. Rossiya uni 2022-yilda 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi, ammo u 2024-yilda mahbuslar almashinuvida ozod etilgan. gazeta.uz »

2025-5-15 10:17

Deputatlar bola tug‘ilganda otalarga haq to‘lanadigan ta’til berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Deputatlar Mehnat kodeksiga ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini taqiqlash va oldini olish, bu harakatlardan jabrlanganlarga qo‘shimcha ta’tillar berish, shuningdek, farzandli bo‘lgan erkaklarga haq to‘lanadigan ta’til ajratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi. gazeta.uz »

2025-1-30 20:40

2025-yilda O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 mln dollarlik tibbiy uskuna bilan ta’minlanadi

2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi. gazeta.uz »

2025-1-20 20:43

Mulohaza: O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasaymoqda. Lekin bu chuqur demografik muammodan dalolat emas

O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining pasayishi butun dunyoda kuzatiladigan tendensiyaning aksini ko‘rsatmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Mirkomil Xolboyev keng muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur mavzuni tahlil qilib, bu borada ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga javob berishga harakat qildi. gazeta.uz »

2024-11-19 13:19