O‘zbekistonda tug‘ilgan Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi elchisi bo‘ldi

Qrim-tatar siyosatchisi, jurnalist va huquq himoyachisi Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan va bolaligida Qrimga ko‘chib ketgan. Rossiya uni 2022-yilda 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi, ammo u 2024-yilda mahbuslar almashinuvida ozod etilgan. gazeta.uz »

2025-5-15 10:17