Ðåçóëüòàòîâ: 135

Rimda Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi rossiyaliklarga viza sotishda ayblanib hibsga olindi

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pergabriele Papadia de Bottini va uning yordamchisiga nisbatan noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish va korrupsiya bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Tergovga ko‘ra, ular Rossiya fuqarolariga 4 ming yevrodan 16 ming yevrogacha pul evaziga Shengen vizalarini rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-5-9 13:51

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi bir vaqtning o‘zida Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi. U Jazoir tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Tomonlar savdo, sanoat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-5 16:12

“O‘zbekiston oldidagi barcha majburiyatlarimizni bajaryapmiz”. Eron elchisi — urushning tranzit yo‘nalishlarga ta’siri haqida

Mintaqadagi namoyishlar va harbiy keskinliklarga qaramay, Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar o‘sishda davom etmoqda, deya ta’kidladi elchi Muhammad Ali Iskandariy. “O‘zbekiston oldidagi barcha majburiyatlarimizni bajaryapmiz, tovarlar tranziti bo‘yicha eng katta yordamni berib kelyapmiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-3-4 12:34

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez faoliyatini yakunlamoqda

2021-yilning oktabridan buyon Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oreliya Bushez mamlakatdagi faoliyatini yakunlamoqda. “So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiyaning ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etdi”, - deb yozdi u bilan uchrashgan tashqi ishlar vaziri Saidov. gazeta.uz »

2025-8-12 11:36

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan beri Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelgan Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda. “Chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shdim”, - deb yozdi u. gazeta.uz »

2025-7-21 14:34

Yaqin oylarda O‘zbekiston prezidentining Bryusselga tashrifi kutilmoqda — YI elchisi

Bryussel yaqin oylar ichida Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutmoqda, dedi Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar Toshkent investitsiya forumida. “Bu sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash va munosabatlarimiz chuqurlashib borayotganini namoyish etish uchun tarixiy imkoniyat bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:00