Ðåçóëüòàòîâ: 58

“Pozitsiyamiz inobatga olinmayapti”. Qirg‘iziston TIV YeI sanksiyalaridan norozilik bildirdi

Qirg‘iziston YeIning 20-sanksiya paketi doirasida mamlakatga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanishini “afsus bilan” qabul qildi, deydi TIV. Vazirlik ma’lumotlar ochiq taqdim etilayotganiga qaramay, mamlakat pozitsiyasi e’tiborsiz qolayotgani va bu ikki tomonlama ishonchga putur yetkazishidan xavotir bildirdi. gazeta.uz »

2026-4-28 09:44

O‘zbekiston TIV rahbari AQSh davlat kotibiga Uzbekistan Quarter in Gaza albomini ko‘rsatdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular “global darajadagi eng dolzarb muammolar”ni muhokama qildi. Uchrashuv davomida e’lon qilingan suratga ko‘ra, vazir davlat kotibiga Uzbekistan Quarter in Gaza albomini taqdim etgan. gazeta.uz »

2026-2-6 12:47

TIV o‘zbekistonliklarga Rossiyadagi “hujjat tayyorlash” xizmatlariga ishonmaslikni tavsiya qildi

Rossiyadagi konsullik muassasalariga o‘zbekistonliklar tomonidan qalbaki hujjatlar taqdim etish holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi TIV. Vazirlik Telegram’da soxta guvohnomalar tayyorlash xizmatlari keng tarqalganini eslatib, fuqarolardan faqat rasmiy organlarga murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:23

Ukrainada majburiy mehnatdan qutqarilgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — TIV

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyev viloyatida majburiy mehnatdan qutqarilgan 13 nafar fuqaroni vatanga qaytarish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Elchixona odamlarni “inson xayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar tufayli” Ukrainaga tashriflarni rejalashtirmaslikka chaqirdi. gazeta.uz »

2025-9-20 07:26

O‘zbekiston adovatli yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlamaydi — TIV matbuot kotibi

O‘zbekiston Sharq va G‘arbdagi barcha hamkorlar bilan teng huquqli va hurmatga asoslangan hamkorlik tarafdori, dedi Tashqi ishlar vazirligi vakili Ahror Burxanov Gazeta`ga. U SHHT G‘arb bilan qarama-qarshilikni nazarda tutmasligini va O‘zbekiston yangi global boshqaruv tizimini qanday ko‘rayotganini aytib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-9-10 11:19

“Fuqarolar davlat himoyasida”. O‘zbekiston TIV Rossiyada haqoratga uchragan haydovchi voqeasidan so‘ng bayonot berdi

Rossiyada mahalliy fuqaro o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisini haqorat qildi. “Sen ruslarning qulisan. O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan”, - deydi u. O‘zbekiston TIV mamlakat fuqarolari davlat himoyasida ekanini eslatib, huquqi buzilganlardan murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-8-28 08:48

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlashini ma’lum qildi. “Sulhga Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, AQSh prezidentining tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz”, - deyiladi TIV bayonotida. gazeta.uz »

2025-8-9 15:33

TIV o‘zbekistonliklarga Tailand va Kambodjaning chegaradosh hududlariga safar qilmaslikni tavsiya qildi

Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja o‘rtasida yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuv sabab o‘zbekistonliklarni ushbu davlatlarning chegaradosh hududlariga bormaslikni tavsiya qildi. O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi esa mojaro oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-7-25 09:12

O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo - YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-7 17:27

Chexiya TIV rahbari maqolasi: “Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor”

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Toshkentga tashrifi munosabati bilan, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qarashlarini o‘rtoqlashdi. U Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalar, xususan, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-10-21 09:44

TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari sifatida barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va MOda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashishni ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-26 08:27