Ðåçóëüòàòîâ: 23

Italiyada sun’iy intellekt tomonidan yozilgan dunyodagi birinchi gazeta nashr etildi

Italiyada Il Foglio gazetasi neyron tarmog‘i tomonidan yozilgan birinchi sonni nashr etdi. Sun’iy intellekt barcha material va sarlavhalarni o‘zi tayyorlagan. Bunda yangi texnologiyalarning inson hayoti va faoliyatiga ta’sirini o‘rganish reja qilingan. U 4 sahifadan iborat bo‘lib, bosma va onlayn shaklda mavjud. gazeta.uz »

2025-3-19 17:35

Dunyodagi har uchinchi bola uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekmoqda — tadqiqot

Uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar va o‘smirlarning ulushi 30 yil ichida sezilarli oshdi. Xitoy olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har uchinchi bola undan aziyat chekmoqda. Ularning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida miopiya bilan kasallanish 740 milliondan oshadi. gazeta.uz »

2024-9-27 13:29

TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Baxtiyor Saidov BMTdagi chiqishida barcha davlatlarni iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik va texnologik tengsizlik muammolarini hal etishda global hamkorlikka chaqirdi. U O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari sifatida barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va MOda tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashishni ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-26 08:27

Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »

2024-6-13 22:01

Yevroparlament sun’iy intellekt to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi. gazeta.uz »

2024-3-14 21:56