Ðåçóëüòàòîâ: 68

SSV issiq havoda ovqatlanish va zaharlanishdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

SSV issiq havoda yog‘li, sho‘r va achchiq taomlarni kamaytirish, yengil va yangi tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilishni tavsiya qildi. Mutaxassislar muzlatkichsiz saqlangan taomlardan voz kechish, sovuq ichimliklarni me’yorida ichish, xavf guruhidagilarga kunning issiq vaqtida tashqariga chiqmaslikni maslahat berdi. gazeta.uz »

2026-7-16 10:10

Veolia Energy Tashkent poytaxtning ba’zi hududlarida zang rangidagi issiq suv bo‘yicha tushintirish berdi

Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv rangining o‘zgarishi isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq vaqtinchalik hodisa ekanligini ma’lum qildi. Suv sifati tashqi ta’sirlar bilan o‘zgargani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi. gazeta.uz »

2025-10-25 11:50

Toshkentning to‘rtta tumanida 14-aprelda boshlangan issiq suv o‘chirilishi 22-aprelgacha davom etadi

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining aksar hududlarida issiq suv 14-apreldan 18-aprelgacha o‘chirilishi e’lon qilingandi. Endi ushbu o‘chirish 22-aprelgacha uzaytirildi. Bunga 4-IMni elektr bilan ta’minlaydigan tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borishi sabab qilib ko‘rsatilgan. gazeta.uz »

2025-4-19 13:02

O‘zbekiston masjidlarida issiq suv va isitish tizimi nazoratdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekistondagi masjidlar bo‘ylab texnik va yong‘in xavfsizligi talablari, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimlari nazoratdan o‘tkazilmoqda. Avvalroq Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasidagi portlash ortidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi ochilgandi. gazeta.uz »

2025-4-4 08:24