Toshkentning to‘rtta tumanida 14-aprelda boshlangan issiq suv o‘chirilishi 22-aprelgacha davom etadi
Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining aksar hududlarida issiq suv 14-apreldan 18-aprelgacha o‘chirilishi e’lon qilingandi. Endi ushbu o‘chirish 22-aprelgacha uzaytirildi. Bunga 4-IMni elektr bilan ta’minlaydigan tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borishi sabab qilib ko‘rsatilgan. gazeta.uz »