Ðåçóëüòàòîâ: 86

“Jamoat maskanlari yakkalangan holda mavjud bo‘la olmaydi”. Me’morlar — Toshkentning yashil yo‘nalishi va Oqsaroy qarorgohi atrofidagi bog‘ haqida

Oqsaroy atrofidagi to‘siqlar shahar ahli uchun jamoat bog‘i tashkil etish maqsadida olib tashlanyapti. Gazeta me’morlar bilan hududni qanday o‘zgarishlar kutayotgani, u poytaxtning boshqa yashil hududlari bilan qanday bog‘lanishi va nima uchun bu yerda keng ko‘lamli qayta qurish olib borilmasligi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-8-12 09:47

“Bittasining narxi 140 mln so‘m atrofida”. Mas’ullar Toshkentning yangi avtobus bekatlariga oid savollarga izoh berdi

Toshkentda bir necha oydan beri avtobus bekatlarini yangilash loyihasi davom etyapti. Yo‘lovchilar savollari ko‘pligi sababli Gazeta muxbiri poytaxt hokimligi vakillari va bekatlarni o‘rnatayotgan EWI Snacks kompaniyasi rahbari bilan birga yangi bekatlarni ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-7-23 09:44

Toshkentning ayrim mahallalarida pensionerlar pensiya kartaga o‘tkazilayotganidan shikoyat qildi

Iyul oyida Toshkentning ayrim mahallalarida naqd pulda pensiya olib kelganlar navbatdagi to‘lov uchun kelganida, ularga pul berish o‘rniga bankka borib karta rasmiylashtirish aytilgan. Naqd pulsiz to‘lov shakliga o‘tish haqida ular oldindan ogohlantirilmagan. Gazeta vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi. gazeta.uz »

2026-7-17 10:25

Toshkentning uchta mahallasida uy-joylarni renovatsiya qilish ishlari boshlanmoqda

Toshkentning Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlarida renovatsiya loyihalari bo‘yicha ishlar boshlanmoqda. Hokim Shavkat Umurzoqov Jarqo‘rg‘on, Abdurauf Fitrat va Xonobodtepa mahallalarida bo‘ldi. U odamlarga tayyor yangi uylardan teng qiymatli uy-joylar ajratilishi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini bildirdi. gazeta.uz »

2026-6-14 13:42

“O‘zbekistonni Shimoliy Koreyaga aylantirmoqchisiz”. Giotto asoschisi Toshkentning dizayn kodini tanqid qildi

Toshkentdagi umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari elektr energiyasini o‘chirish tahdidi bilan peshtaxtalari demontaj qilinayotganidan shikoyat qildi. Giotto asoschisi yangi dizayn kodni “savodsizlik” deb atadi va bir kecha-kunduzda fasadni uch marta o‘zgartirishga qanday majburlanganini aytib berdi. gazeta.uz »

2026-4-25 09:08

Toshkentning Bobur ko‘chasida 174 ta daraxt kesilishi yuzasidan obodonlashtirish xodimlariga jinoyat ishi ochildi

Toshkentda 174 ta daraxt va butalar kesilishi yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari va boshqalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Daraxtlar kesilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan, hokimlik mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini va’da qilgandi. gazeta.uz »

2025-11-11 15:27

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish reja qilinmoqda

Toshkentdagi THAY, Ahmad Donish va Yangi O‘zbekiston kabi beshta ko‘chada tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish va 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakatlanishni joriy etish reja qilinmoqda. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovga ko‘ra, 500 ta svetofor uzluksiz elektr ta’minoti bilan jihozlanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-12 15:36

Toshkentning to‘rtta tumanida 14-aprelda boshlangan issiq suv o‘chirilishi 22-aprelgacha davom etadi

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining aksar hududlarida issiq suv 14-apreldan 18-aprelgacha o‘chirilishi e’lon qilingandi. Endi ushbu o‘chirish 22-aprelgacha uzaytirildi. Bunga 4-IMni elektr bilan ta’minlaydigan tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borishi sabab qilib ko‘rsatilgan. gazeta.uz »

2025-4-19 13:02