Ðåçóëüòàòîâ: 5

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish reja qilinmoqda

Toshkentdagi THAY, Ahmad Donish va Yangi O‘zbekiston kabi beshta ko‘chada tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish va 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakatlanishni joriy etish reja qilinmoqda. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovga ko‘ra, 500 ta svetofor uzluksiz elektr ta’minoti bilan jihozlanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-12 15:36

Deputatlar jarima solinmaydigan tezlik chegarasini oshirishni ma’qullashga tayyorlanmoqda. Ekspertlar qarshi

Hukumat Qonunchilik palatasiga jarima solinmaydigan tezlik chegarasini 5 dan 10 km/soatgacha oshirish bo‘yicha loyihani kiritdi. Qonun hali qabul qilinmagan, ammo palata bu haqda fakt sifatida xabar berdi: “Endi qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlanadi”. Ekspertlarga ko‘ra, qaror noto‘g‘ri. gazeta.uz »

2025-3-15 18:07

O‘zbekistonda tezlikni qayd etishdagi xatolik chegarasini 10 km/soatgacha oshirish taklif etilmoqda

Kameralar va radarlar tomonidan qayd etiladigan transport tezligi xatoligini 5 dan 10 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Yo‘l chiziqlari bo‘yicha qoidabuzarliklarni faqat standartlarga javob beradigan joylarda qayd etish taklif qilinmoqda. Asos sifatida haydovchilarning noroziligi ko‘rsatilmoqda. gazeta.uz »

2025-3-5 08:25

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi. gazeta.uz »

2024-11-20 10:28