Ðåçóëüòàòîâ: 46

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-20 08:02

Tojikiston O‘zbekistonga Rog‘un GESidan elektr energiyasini eksport qiladi

Tojikiston Rog‘un GESidan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston bilan tuziladigan bitim loyihasini ma’qulladi. Rog‘un GESi qurilish paytida elektr energiyasi vegetatsiya davrida (1-aprel - 30-sentabr) yetkaziladi, stansiya to‘liq loyiha quvvatiga chiqqach esa yil davomida har oy yetkazib beriladi. gazeta.uz »

2025-7-17 13:24

Futbol: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun qo‘shma ariza berdi

Osiyo Futbol konfederatsiyasi 2031-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi mezbonligiga ariza topshirgan 7 nomzodni e’lon qildi: Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Kuvayt va BAA. Shuningdek, ular orasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bor, davlatlar bir bo‘lib qo‘shma ariza yuborgan. gazeta.uz »

2025-4-12 11:09

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogiga birgalikda mezbonlik qilmoqchi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston OFKga futbol bo‘yicha 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha nomzodlik taklifini yubordi. “Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor”, - deyiladi O‘FA xabarida. gazeta.uz »

2025-2-24 16:18

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi. gazeta.uz »

2025-1-8 13:11

Deputatlar Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiyaladi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi. gazeta.uz »

2024-11-27 21:10

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi. gazeta.uz »

2024-11-20 10:28

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni muhokama qildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2024-5-7 11:26