Ðåçóëüòàòîâ: 20

U-17 futboli. O‘zbekiston Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi va jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto)

Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindistonni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba jamoaga muddatidan avval turnirning chorak finaliga chiqish va Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini berdi. gazeta.uz »

2026-5-11 10:15

Ayollar jamoasi muvaffaqiyati va 17 ta medal. O‘zbekiston bokschilari “Strandja kubogi”da yetakchilikni qaytarib oldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Bolgariyada bo‘lib o‘tgan, “kichik jahon chempionati” deb ataladigan “Strandja kubogi”da 1-o‘rinni egalladi. Ayollar terma jamoasi natijasi tarixiy bo‘ldi: sportchi qizlar ilk bor bunday darajadagi musobaqada mamlakatga erkaklar jamoasiga nisbatan ko‘proq oltin medal keltirdi. gazeta.uz »

2026-3-3 11:09

U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Qirg‘izistonga qarshi g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video, foto)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashining ikkinchi bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi. Bishkekda 17-soniyada gol o‘tkazib yuborgan jamoa tanaffusga qadar hisobda oldinga chiqishga erishdi, ammo ikkinchi bo‘limda tashabbusni qo‘ldan chiqardi. gazeta.uz »

2025-9-7 12:50

O‘zbekiston gimnastikachilari Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunladi

Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yakkalik mashqlarda Taxmina Ikromova Olimpiada chempionini yengib, birinchi o‘rinni egalladi, guruh mashqlarida o‘zbekistonlik gimnastikachilar ikkinchi o‘rindan joy oldi. gazeta.uz »

2025-4-28 13:15

Futbol: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun qo‘shma ariza berdi

Osiyo Futbol konfederatsiyasi 2031-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi mezbonligiga ariza topshirgan 7 nomzodni e’lon qildi: Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Kuvayt va BAA. Shuningdek, ular orasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bor, davlatlar bir bo‘lib qo‘shma ariza yuborgan. gazeta.uz »

2025-4-12 11:09