Ðåçóëüòàòîâ: 139

“Bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat yuborilgan”. Toshkent metrosi — elektron panduslar ishlamayotgani haqida

Tarmoqlarda Toshkent metrosi bekatlaridagi elektron panduslar ishlamayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Metropoliten bayonotiga ko‘ra, Texnopark tomonidan o‘rnatilayotgan qurilmalar hali to‘liq sozlab bo‘linmagan, jarayonni tezlashtirish uchun esa tegishli idoralarga bir necha bor rasmiy xatlar chiqarilgan. gazeta.uz »

2026-6-8 06:40

Maktabdagi janjal bo‘yicha ochiqlanmagan jihatlar bor. Gazeta surishtiruvi

Gazeta Toshkentdagi 275-maktabda pedagog va o‘quvchilar janjalining rasmiy ma’lumotlardan tushib qolgan jihatlarini o‘rgandi. O‘qituvchi aslida ikki o‘quvchini urgan, ulardan biri hamon shifoxonada va gapirolgani yo‘q; bolani u yerga eltganlar yolg‘on ko‘rsatma bergani da’vo qilinyapti. Ona adolat so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-6-8 13:36

Maktabdagi janjal bo‘yicha ochiqlanmagan jihatlar bor: jabrlangan ikkinchi o‘quvchi kuchli stress tufayli gapirolmay qolgan

Gazeta Toshkentdagi 275-maktabda pedagog va o‘quvchilar janjalining rasmiy ma’lumotlardan tushib qolgan jihatlarini o‘rgandi. O‘qituvchi aslida ikki o‘quvchini urgan, ulardan biri hamon shifoxonada va gapirolgani yo‘q; bolani u yerga eltganlar yolg‘on ko‘rsatma bergani da’vo qilinyapti. Ona adolat so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-6-7 13:36

“Qo‘shiqda ovoz bor, lekin xalqning o‘tkir nafasi sezilmayapti”. Prezident ijod asarlarida milliy ruh yetishmasligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev sahna asarlari, qo‘shiq va kinolarda milliy ruh yetishmasligini qayd etdi. “Bizga milliy ruhni uyg‘otadigan san’at kerak, xalqni ilhomlantiradigan adabiyot kerak, yoshlarga faxr va iftixor beradigan kino kerak, qalblarni junbishga keltiradigan musiqa kerak”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2026-6-1 12:53

Yadro qurollari bor davlatlar: arsenallarning o‘sishi va yadroviy ritorikaning keskinlashuvi

Jahonda geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi ommaviy qirg‘in qurollariga munosabatni o‘zgartiryaptimi? Hozirgi kunda qaysi davlatlar yadro qurollariga ega va ular yadro arsenallarini qanday rivojlantirmoqda? Yangi yadroviy qurollanish poygasi xavfi va zamonaviy texnologiyalarning ta’siri haqida Gazeta sharhi. gazeta.uz »

2026-2-14 08:00

Toshkentda harakatchanlikni rivojlantirish trayektoriyasini o‘zgartirish imkoniyati bor — BCG

Toshkent piyoda va velosiped yo‘nalishlari, jamoat transporti hamda ko‘cha makonidan yanada oqilona foydalanishni rivojlantirish orqali shaxsiy avtomobillarga bog‘liqlikni kamaytirishi mumkin. Shahar harakatchanligi - zamonaviy shaharlar raqobatbardoshligining asosiy omillaridan biri, deyiladi BCG tadqiqotida. gazeta.uz »

2026-1-20 10:46

“Bu yerda boshqa faktorlar bor”. Endi ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi, bu gal — yoppasiga

O‘zbekiston bo‘ylab bir necha minglab ingliz tili o‘qituvchilari oktabrda o‘tkazilgan attestatsiya natijalaridan norozi. Ular sinovlar haddan tashqari qiyin bo‘lgani, ba’zi savollar esa bahsli ekanini aytmoqda va jarayonni qayta tashkil etishni so‘ramoqda. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-11-4 18:56

2030-yilgacha mutlaq kambag‘allikka barham berishga imkonimiz bor — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilga qadar kambag‘allikni 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan majburiyatini barvaqt bajarishga harakat qilayotganini ta’kidladi. “2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-9-17 10:32

“Tolibon” yana bir bor O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan harbiy vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga chaqirdi

“Tolibon” 2021-yilda Afg‘oniston hukumati qulagach O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan harbiy vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga yana bir bor chaqirdi. “Biz ushbu vertolyotlarni afg‘on xalqiga qaytarishni so‘raymiz, toki ular gumanitar maqsadlarda foydalanilsin”, - dedi TIV rahbari Muttaqiy. gazeta.uz »

2025-9-12 15:54

Shahar avtoturargohlarida eshitish va so‘zlashda nogironligi bor parkovkachilar ishga olinadi

Toshkentda pulli avtoturargohlar yo‘lga qo‘yuvchi Poytaxt Parking kompaniyasi eshitish va so‘zlashda nogironligi bor parkovkachilarni rasman ishga olishni boshladi. Tajriba dasturi nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror daromad bilan ta’minlash va ko‘chada to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2025-7-29 05:24

“Ko‘zida qon, badanida ko‘kargan joylari bor edi” — Qashqadaryoda mashina ichida qolib vafot etgan bog‘cha tarbiyalanuvchisining yaqinlari

Qashqadaryoda bog‘chaga olib ketilgan 2 yoshli qizaloqning vafoti yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib boryapti. Marhumning ota-onasi bolaning tanasida shikastlanishlar borligini ta’kidlab, voqea haqida kech xabardor qilingani va ekspertizaga chaqirtirilmaganidan noroziligini bildirmoqda. gazeta.uz »

2025-6-30 17:46