Ðåçóëüòàòîâ: 19

“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘zlar va qo‘llar kerak”. Saida Mirziyoyeva — o‘z tayinlovi haqida

Saida Mirziyoyeva o‘zining administratsiya rahbari etib tayinlanishini prezidentga joylardan real ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlash zarurati bilan bog‘ladi. Prezidentning asosiy maqsadi har bir o‘zbekistonlik hayotini yaxshilashdan iborat, dedi u. “Bizning administratsiyamiz faqat shu maqsadni ko‘zlaydi”. gazeta.uz »

2026-1-2 08:00

“Endigina boshladik”. Saida Mirziyoyeva — islohotlar va administratsiyaning ustuvor vazifalari haqida

O‘zbekiston islohotlarning boshida turibdi, dedi Saida Mirziyoyeva. Prezident administratsiyasi beshta ustuvor yo‘nalishni belgilab olgan - suv, ta’lim, tibbiyot, biznes va sud tizimi. Har qanday muammo - tizimni yaxshilash imkoniyati, ishlarga shaxsan aralashish esa vaqtinchalik holat, dedi u. gazeta.uz »

2026-1-2 00:23

“Qattiqqo‘llik emas, moslashuvchanlik va donolik”. Saida Mirziyoyeva — O‘zbekiston prezidentining islohotlari haqida

PA rahbari Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyev haqida so‘z yuritarkan, islohotlarga qattiqqo‘llik bilan erishib bo‘lmasligini, buning uchun moslashuvchanlik va donolik talab etilishini aytdi. U otasining “ulkan, masshtabli” orzulari borligini va ular “faqat va faqat xalq bilan bog‘liq” ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-1-2 22:53

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatga doir yig‘ilish o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralarga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Ekonazoratni yaxshilash, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablarini kuchaytirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish, monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish choralari ishlab chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-24 20:06

S.Mirziyoyeva va T.Xudaybergenov Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga oid topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va davlat rahbari maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga yuklatildi. Prezident Kegeyli tumanida o‘tgan yig‘ilishda hududni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlarni sanab o‘tdi. gazeta.uz »

2024-8-19 20:44