Ðåçóëüòàòîâ: 72

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari noqonuniy egallab olingan yerga hujjat berish evaziga pora olayotganda ushlandi

Qoraqalpog‘istondagi tumanlarning birida kadastr bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlovchi shaxs pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerga qurilgan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 ming dollar olgan. gazeta.uz »

2026-5-4 07:53

Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘tovlari YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi

YUNESKO qoraqalpoq, qozoq va qirg‘iz o‘tovlari tayyorlashning an’anaviy bilim va ko‘nikmalarini Nomoddiy madaniy merosning reprezentativ ro‘yxatiga kiritdi. O‘zbekiston nominatsiyani kengaytirish g‘oyasini ilgari surdi, buning natijasida mavjud ro‘yxatga qoraqalpoq an’analari ham qo‘shildi. gazeta.uz »

2025-12-10 20:32

Qoraqalpog‘istonlik Malika. Informatika va matematika olimpiadalarda “bronza” olgan qiz hikoyasi

Malika Xojamuratova xalqaro yosh matematiklar olimpiadasida, shuningdek, informatika va matematika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadalarida medallar qo‘lga kiritgan. Iste’dodli o‘g‘il-qizlarni tanishtirishga bag‘ishlangan “Umid” loyihasining ilk soni nukuslik o‘quvchi qizning muvaffaqiyat tarixi haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »

2025-10-30 15:17

Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 2 mlrd dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi hamda qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-9 16:06

Qoraqalpog‘istonda energiyani akkumulyatorda saqlaydigan MOdagi birinchi SHES quriladi

Osiyo taraqqiyot banki va ACWA Power Qorao‘zak tumanida shamol elektr stansiyasi va akkumulyator asosida energiyani saqlash tizimini qurish uchun 51 mln dollar miqdoridagi qarz paketini imzoladi. U Markaziy Osiyodagi birinchi kommunal miqyosdagi energiyani akkumulyator yordamida saqlash tizimiga ega SHES hisoblanadi. gazeta.uz »

2025-9-8 09:40

Qoraqalpog‘istonda To‘rtko‘l — Ellikqal’a — Beruniy aylanma yo‘li quriladi

Osiyo taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istondagi A380 avtomobil yo‘lining 87 km qismini rekonstruksiya qilish uchun $233,1 mln qarz ajratdi. Loyihada uzunligi 75 km bo‘lgan To‘rtko‘l - Ellikqal’a - Beruniy yangi aylanma yo‘lini qurish va mavjud avtomobil yo‘lining 12 km qismini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-28 13:18

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda turizm yagona konsepsiya asosida rivojlantiriladi

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda turizm yagona konsepsiya asosida rivojlantiriladi va “Xorazm - Qoraqalpog‘iston” turistik halqasi loyihasi ishlab chiqiladi, deya ma’lum qildi prezident. Hududlarni bog‘laydigan yo‘lni rivojlantirish dasturi boshlanadi hamda Urganch - Gurlan - Mang‘it yo‘li to‘liq ta’mirlanadi. gazeta.uz »

2025-5-2 07:50

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-23 19:06

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchilariga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »

2024-11-19 09:51