Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadonda 79 yoshli ayol, uning nevarasi va 17 yoshli bola bo‘lgan. gazeta.uz »
Zaharlanib - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadonda 79 yoshli ayol, uning nevarasi va 17 yoshli bola bo‘lgan. gazeta.uz »
Xo‘jayli tumanida fuqaro hamda uning 10 va 14 yoshli nabiralari is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhum qo‘lbola isitish pechini mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga ulagan va oqibatda gaz sizib chiqqan. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida 30-sentabr holatiga ko‘ra shifoxonalarda bog‘chalarda ovqatdan zaharlanib davolanayotgan 3 nafar bola qoldi. Nurmat Otabekov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ta’lim muassasalarida ovqatlanish xizmatlari ustidan nazoratni yanada kuchaytirilishini aytdi. gazeta.uz »
2024-yili O‘zbekistonda mingdan ziyod odam giyohvandlik vositalaridan kuchli zaharlangan va ularning 10 nafarida o‘lim holati kuzatilgan. Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazidan ma’lum qilishlaricha, vafot etganlarning 4 nafari “dorixona narkotiklari"dan zaharlangan edi. gazeta.uz »
Sayxunobod tumanida sizot suvlarini saqlovchi quduqni tozalash uchun tushgan 67 yoshli erkak hamda uni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘g‘li va qo‘shnisi gazdan zaharlanib vafot etdi. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Kaliningrad viloyatida 4 erkak is gazidan zaharlanib vafot etdi, OAV ularning o‘zbekistonlik ekani va bir oycha oldin ishlash uchun kelganini yozdi. “Yigitlar 25 yoshlarda edi… Ko‘p ishlab, uyga kam kelishardi. gazeta.uz »
Xorazm viloyati Shovot tumanida 21 yoshli yigit benzin sisternasini tozalash vaqtida yoqilg‘i qoldiqlari hididan zaharlanib halok bo‘ldi. Uni qutqarishga uringan shaxs ham hushidan ketdi, ammo omon qoldi. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida yetti kishi, jumladan, besh nafar bola gazdan zaharlanib vafot etdi. Viloyat hokimligi halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanini ma’lum qildi. O‘zbekiston FVVning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik. gazeta.uz »
Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 kishi o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi spirtli ichimlikda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Andijonning Asaka tumanida er-xotin ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar nikoh to‘yining ertasiga is gazidan vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, birga yashagan juftlik noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 75 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holatlarning aksariyati Farg‘ona, Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz to‘planganda avtomatik to‘xtatadigan yoki ovozli xabar beradigan uskunalarni o‘rnatishni tavsiya etmoqda. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. gazeta.uz »
Guliston shahridagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi gazdan zaharlandi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. gazeta.uz »
Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi. gazeta.uz »
Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »