Ðåçóëüòàòîâ: 86

Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish asoslarini kengaytirish rejalashtirilmoqda

Rossiya Davlat dumasi xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Asoslar orasida internetda inson qadr-qimmati va jamiyat axloqini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish hamda Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish ham bor. gazeta.uz »

2026-4-9 17:49

Rossiyada yong‘inda halok bo‘lgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi

Rostov viloyati Bataysk shahridagi uyda chiqqan yong‘in oqibatida voyaga yetmagan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Uning hujjatlari yonib ketgani sabab jasadni vatanga qaytarishda muammo yuzaga kelgan. Bosh konsulxona ko‘magida marhumning jasadi Krasnodar-Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi. gazeta.uz »

2026-3-4 14:52

“Rossiyada shovinistik siyosatni yuritayotgan o‘nga yaqin shaxsning O‘zbekistonga kirishini taqiqlash kerak” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklar ro‘yxatini tuzib, buni TIV bilan muhokama qilmoqchi. Alisher Qodirov o‘zida Rossiyada shovinistik siyosatni yuritayotgan o‘nga yaqin shaxs ro‘yxati borligini qayd etarkan, ularga taqiq qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. gazeta.uz »

2026-1-19 14:41

Rossiyada muhojirlarga soxta hujjatlar tayyorlab berish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi qamaldi

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida muhojirlarga qalbaki hujjatlar tayyorlab berish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi 1 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U sherigi bilan pasportlarga Rossiya davlat chegarasidan o‘tganlik haqida soxta muhr va sana qo‘ygan, shuningdek, migratsiya kartalarini soxtalashtirgan. gazeta.uz »

2025-8-29 12:04

“Fuqarolar davlat himoyasida”. O‘zbekiston TIV Rossiyada haqoratga uchragan haydovchi voqeasidan so‘ng bayonot berdi

Rossiyada mahalliy fuqaro o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisini haqorat qildi. “Sen ruslarning qulisan. O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan”, - deydi u. O‘zbekiston TIV mamlakat fuqarolari davlat himoyasida ekanini eslatib, huquqi buzilganlardan murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-8-28 08:48

Rossiyada o‘qituvchilarga migrant bolalarning huquqbuzarlikka moyilligini kuzatish tavsiya etildi

Rossiyada maktab o‘qituvchilariga xorijlik bolalarning “huquqbuzarlikka moyilligi”ni aniqlashda ularning so‘zlariga e’tibor qaratish tavsiya qilindi. Ustozlar, ayniqsa, yozma ishlarda tarixiy xotira, rus qadriyatlari va davlat ramzlariga bepisandlikni aks ettirishi mumkin bo‘lgan iboralarga hushyor bo‘lishi kerak. gazeta.uz »

2025-8-13 11:41