Ðåçóëüòàòîâ: 27

“Inson faxri” mukofoti topshirildi. Sovrindorlar orasida Bo‘rijarda cho‘kib ketgan erkak ham bor

Ijtimoiy himoya agentligi 10 dan ortiq fuqaroni “Inson faxri” mukofoti bilan taqdirladi. Ular orasida Bo‘rijar kanalida qizni qutqarish jarayonida halok bo‘lgan Abdumannop Samiqov, eshak mingancha hamshiralik qiladigan qashqadaryolik “do‘xtir momo” ham bor. Sovrindorlarga statuetka va 20 mln so‘mdan berildi. gazeta.uz »

2025-11-28 11:12

SSV bolalar orasida “g‘ayriodatiy” infeksiya tarqalayotganini rad etdi

SSV bolalar orasida o‘tkir respirator virusga o‘xshash, ammo ich ketishi va qayt qilish bilan namoyon bo‘ladigan “g‘ayriodatiy” infeksiya tarqalayotganini rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, respirator belgilar hammada har xil namoyon bo‘ladi, shuningdek, bir paytda bakterial va virusli infeksiya avj olishi qayd etilmaydi. gazeta.uz »

2025-10-27 12:21

“Olimpiya shaharchalari viloyatlarda ham quriladi”. Prezident — yoshlar orasida sportni ommalashtirish haqida

Shavkat Mirziyoyev, uning fikricha, “yosh avlod salomatligiga katta poydevor” bo‘lgan Olimpiya shaharchasi qurib bitkazilgani bilan sportchilarni tabrikladi. U bunday muassasalar viloyatlarda ham qurilishini aytdi va sport turlarini ommalashtirish masalasiga alohida urg‘u berdi: “Odamlarimiz sportni yaxshi ko‘radi”. gazeta.uz »

2025-8-18 17:43

Kamchatkadagi zilzilada jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — bosh konsulxona

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolari orasida jarohatlangan yoki vafot etganlar yo‘q. Vladivostokdagi bosh konsulxona ushbu hududlarda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarni FVV ko‘rsatmalariga rioya qilishga va xotirjamlikni saqlashga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-7-30 13:05

YI uch rossiyalikni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqaradi. Ular orasida Alisher Usmonovning singlisi ham bo‘lishi mumkin

Vengriya Yevropa Ittifoqining 2000 dan ortiq rossiyalikka nisbatan sanksiyalarni uzaytirish qaroriga rozi bo‘ldi. Evaziga esa uch rossiyalikni sanksiyalardan chiqarishga erishdi. Ular orasida Alisher Usmonovning singlisi, 2022-yildan beri YI sanksiyasi ostida bo‘lgan Gulbahor Ismoilova ham bor, deb yozmoqda OAV. gazeta.uz »

2025-3-14 11:57

Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar orasida shartnomadagi ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p uchrayapti. Hozir u yerdagi O‘zbekiston fuqarolarining 9,6 foizi nolegal maqomida. Migratsiya agentligiga ko‘ra, “agar ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Koreya biz bilan migratsiya aloqalarini to‘xtatishi mumkin”. gazeta.uz »

2025-1-31 18:46

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters

NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi. gazeta.uz »

2024-12-3 15:39

“Yoshlar orasida „dorixona narkomaniyasi“ keng tarqalayotganidan tashvishdamiz” — Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi

O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda narkojinoyatlar soni ikki barobarga ko‘paydi. NNQMM rahbari Ravshan Mamatovning aytishicha, ayniqsa sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 400 martaga ko‘paygan. “Bu illatning yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgani bizni tashvishga solmoqda”, - dedi u. gazeta.uz »

2024-11-15 17:08

Åâðîïàäàí æ¢íàòèëãàí àìîðòèçàòîðëàð îðàñèäà ïîðòëîâ÷è ìîääàëàð òîïèëäè — Ðîññèÿ ÔÕÕ

Ãåðìàíèÿ âà Èòàëèÿäàí þáîðèëãàí àìîðòèçàòîðëàð è÷èäàíà ïîðòëîâ÷è ìîääàëàð âà ýëåêòðîäåòîíàòîðëàð òîïèëäè. ru.sputniknews-uz.com »

2024-7-22 14:00