Ðåçóëüòàòîâ: 56

“Nega menga cho‘pchak gaplar gapirasan?” Prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbarini tanqid qildi

O‘zbekiston prezidenti Shayxontohur tumani IIO FMB sobiq boshlig‘ining hisobotiga ishonchsizlik bildirdi: “Hozir menga aytgan gaplaringga o‘zing ishonasanmi? Nega menga cho‘pchak gaplar gapirasan?” Uning so‘zlariga ko‘ra, IIB boshliqlari pastga tushmaydi, o‘rinbosarlar va “uchastkavoylar” esa ularni aldaydi. gazeta.uz »

2026-2-2 15:40

O‘zbekistondagi tog‘ tizmalari, tog‘ va cho‘qqilar nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab 121 ta cho‘qqi, tog‘ va tog‘ tizmalari nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi. Xususan, Qoraqalpog‘istondagi Karatau tog‘i Qoratov, Andijondagi Chilustun tog‘ tizmasi Qirqustun, Toshkent viloyatidagi Pingvin cho‘qqisi esa Temirtosh deb o‘zgartirilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-14 16:06

“Inson faxri” mukofoti topshirildi. Sovrindorlar orasida Bo‘rijarda cho‘kib ketgan erkak ham bor

Ijtimoiy himoya agentligi 10 dan ortiq fuqaroni “Inson faxri” mukofoti bilan taqdirladi. Ular orasida Bo‘rijar kanalida qizni qutqarish jarayonida halok bo‘lgan Abdumannop Samiqov, eshak mingancha hamshiralik qiladigan qashqadaryolik “do‘xtir momo” ham bor. Sovrindorlarga statuetka va 20 mln so‘mdan berildi. gazeta.uz »

2025-11-28 11:12

“Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin”. Prezident — Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida

Prezident Shahrisabzga tashrifi chog‘ida tomchilatib sug‘orish orqali yaratilgan 520 gektarli agrobog‘, mehmonxona va restorandan iborat agroturizm majmuasi faoliyati bilan tanishdi. “Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »

2025-6-19 21:41

Bo‘rijar kanali 140 mlrd so‘mga obodonlashtirilyapti. Cho‘kkan erkak fojiasidan keyin xavfsizlik choralari kuchayadigan bo‘ldi

Cho‘kayotgan qizni qutqargan erkak halok bo‘lgan Bo‘rijar kanali qirg‘og‘ini obodonlashtirish loyihasi qayta ko‘rib chiqilmaydi, dedi Toshkent hokimligi matbuot anjumanida. Gazeta uchrashuvning muhim bayonotlarini keltirib o‘tadi: nima uchun o‘zan betonlashtirilyapti va qirg‘oq qanday himoyalanadi? gazeta.uz »

2025-6-11 20:47

O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda. U o‘rmonlarni raqamli hisobga olish, pitomniklarni rivojlantirish, “aqlli” o‘rmon xo‘jaligini joriy etish va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. gazeta.uz »

2025-6-3 13:49

Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan qizchani qutqargan erkak halok bo‘ldi. Qirg‘oq obodonlashtirish ishlari sabab xavfli bo‘lib qolgan, hokimiyat esa loyiha tafsilotlarini sir tutmoqda

Bo‘rijar qirg‘og‘ining bir qismida sayr zonasi barpo etilmoqda, minglab daraxtlar kesilgan. Ishlar xavfsizlik talablarini buzgan holda olib borilyapti. 5-may kuni kanalga tushib ketgan ikki qizchadan birini qutqarishga shoshilgan 43 yoshli Abdumannop Samiqov cho‘kib ketdi. Rasmiylar izoh berishdan bosh tortmoqda. gazeta.uz »

2025-5-19 15:49

O‘zbekiston shaharlarida yozda cho‘milish uchun bepul suv havzalari yo‘q. Mutasaddilar buni hal qila oladimi?

O‘zbekistonda ommaviy suv havzalari soni kamayyapti, odamlarning tabiiy salqinlash, tabiat qo‘ynida dam olishga bo‘lgan ehtiyoji esa ortyapti. Daryolar O‘zbekiston shaharlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani, odamlarning suvga bo‘lgan huquqini qanday tiklash mumkinligi haqida ATLAS byurosi ekspertlari mulohaza yuritadi. gazeta.uz »

2025-4-30 17:02

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Sport maktablari milliy terma jamoalarga asosiy zaxira sifatida olinib, yoshlar qobiliyatidan kelib chiqqan holda maqsadli tayyorlanadi. Ularni pishitib borish uchun yiliga ikki marta “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. G‘oliblar uy, avtomobil sovg‘alari bilan taqdirlanadi. gazeta.uz »

2025-4-17 00:12