Samarqandda yo‘ldagi chuqurda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi
Tarmoqlarda Urgut tumanida erkak yo‘l o‘rtasidagi chuqurda hosil bo‘lgan ko‘lmakda cho‘milgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati IIBga ko‘ra, u “jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan”. Sud qarori bilan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. gazeta.uz »
