Ðåçóëüòàòîâ: 110

Namanganda maktab direktorligi uchun $8,5 ming olgan mansabdor ushlandi. U oldin ham shu kabi jinoyatda sudlangan

Namanganda maktab direktorligiga ishga joylashtirish uchun 8,5 ming dollar pora olgan viloyat MMTB shu’ba boshlig‘i ushlandi. U 2011-yilda ham xuddi shunday jinoyatlar uchun sudlangan. Qolaversa, Davlatobodda tadbirkorga bog‘cha hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pul olgan bosh mutaxassis qo‘lga tushdi. gazeta.uz »

2026-6-15 14:39

“Bu — maktab ta’limi tizimi xatosi”. O‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani haqida mutaxassislar nima deydi?

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘ldi. Gazeta bilan gaplashgan mutaxassislar voqea tafsilotlariga to‘xtalib, muammo ildizini ta’lim tizimi kamchiliklari, pedagoglarning konfliktlarga tayyor emasligi va o‘smirlar psixologiyasidagi omillarga bog‘ladi. Batafsil. gazeta.uz »

2026-6-6 20:27

Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoranlarda o‘tkazish va ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlandi

Qozog‘iston rasmiylari maktab bitiruv kechalarini restoranlarda o‘tkazishni hamda ota-onalardan pul yig‘ishni taqiqladi. Ta’lim vazirligining ta’kidlashicha, chora-tadbirlar ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash va “Qonun va tartib” mafkurasini mustahkamlashga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-22 16:26

“Agar bola ratsioni „bo‘sh“ kaloriyalardan iborat bo‘lsa, maktab infratuzilmasiga kiritilgan investitsiyalardan ma’no yo‘q” — YUNISEF

O‘zbekistonda ortiqcha vaznli o‘smirlar ulushi ortmoqda - bu har 4 boladan birida uchraydi. Maktablarda ovqatlanish ratsioni muvozanatsiz, zararli oziq-ovqatlar mavjudligi esa yuqori. Gazeta SSV, MMTV hamda YUNISEFning maktab taomnomasi va sog‘lom ovqatlanishdagi muammolarga bag‘ishlangan tadqiqotini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-4-24 16:08

“Maktab maktabligicha qolishi uchun kurashdik”. Poytaxt aholisiga 10 yillik murojaatlardan so‘ng 72-sonli maktab qaytariladi

Toshkentda maktablar tanqis bo‘lsa-da, 2015-yilda 72-sonli maktab yopilgan. Undan avval bolalar institut bilan bir binoda, hatto koridorlarda o‘qigan. O‘sha davrda maktablarni “optimallashtirish” odatiy hol edi, ammo vaziyatni o‘zgartirishga endigina erishildi. Bu g‘ayrioddiy kurash haqida Gazeta hikoya qiladi. gazeta.uz »

2026-2-12 12:31

Maktab direktorini ishdan noqonuniy bo‘shatgan Farg‘ona viloyati MMTB boshlig‘i jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov jarimaga tortildi, deb xabar berdi Mehnat inspeksiyasi Gazeta’ga. Uning Buvaydadagi 37-maktab direktorini majburiy navbatchilik ortidan ishdan olish va yangi direktorni ishga tayinlashda qonunchilik talablarini buzgani aytildi. gazeta.uz »

2026-1-17 08:39

“Sudya ishni yuzaki ko‘rib chiqdi”. Maktab ta’limi vazirligini sudga bergan tarix o‘qituvchilari ham yutqazdi

Attestatsiya jarayonidan norozi bo‘lib, Maktab ta’limi vazirligini sudga bergan 4 nafar tarix o‘qituvchisining shikoyati sud tomonidan rad etildi. Da’vogarlarning advokatiga ko‘ra, sudya hujjatlarni tahlil qilmay, ishni yuzaki ko‘rib chiqqan, appelyatsiya shikoyati kiritish reja qilinmoqda. Batafsil. gazeta.uz »

2025-11-23 13:54

Andijonda Instagram’da jihod haqida guruh ochgan maktab o‘quvchilariga jinoiy ish ochildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida Instagram va Telegram’da guruh ochib, shahidlik va jihod qilish haqida videolar tomosha qilgan 9 nafar maktab o‘quvchisi aniqlandi. Ular taqiqlangan materiallar bilan tanishib, diniy qarashlari o‘zgargan hamda o‘zlariga taxallus qo‘yib, Suriyaga ketishni rejalashtirgan. gazeta.uz »

2025-10-10 19:04

“Imkoniyati yo‘q”. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari — Toshkentda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish haqida

Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi. Biroq YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovning aytishicha, shahar maktablariga o‘quvchilarning nafaqat poytaxtning turli tumanlari, balki viloyatdan ham kelishi loyihani amalga oshirishni qiyinlashtiradi. gazeta.uz »

2025-8-14 10:57

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” kunida maktab o‘quvchilari avtomobil boshqargan 384 ta holat aniqlandi

24-may kuni YHXX kechgacha reyd o‘tkazib, voyaga yetmaganlar avtomobil boshqargan 384 ta holatni (ularning 115 tasi Toshkent shahrida) aniqladi. Avvalroq prezident guvohnomasiz mashina haydab YTHga uchragan o‘quvchilar haqida gapirib, bunda ichki ishlar boshliqlari va prokurorlarning sustkashligini aytib o‘tgandi. gazeta.uz »

2025-5-26 14:32

“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi maktab o‘quvchilari” — viloyat YHXB boshlig‘i

Namangan viloyati YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvchi “Namangan yezda” Telegram kanalining 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab o‘quvchilari ekanini ma’lum qildi. Avtomobilni ijaraga berayotgan shaxslarning ko‘pchiligi esa o‘zi avtomobilini ijaraga olgan yoki kredit to‘layotganlar. gazeta.uz »

2025-4-27 10:10

Maktab va bog‘chalar yaqinidagi 308 ta “peshexod” baland qilib qo‘yildi — Surayyo Rahmonova

O‘zbekistonda shahar va tuman ahamiyatiga ega ko‘chalarga tutash maktab va bolalar bog‘chalari oldiga 308 ta ko‘tarilgan o‘tish joylari o‘rnatildi, dedi bolalar ombudsmani. YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 678 ta maktab yaqinidagi baland piyodalar o‘tish joylarini jihozlash rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-3-26 21:38

O‘zbekistonda sentabr oyidan maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudirlarining maoshi oshiriladi. 2026-yildan boshlab ular uchun KPI asosida oylik ustamalar joriy etiladi. Maktablar bo‘sh turgan binolarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 75 foizini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-19 13:32