“Yil yakunigacha 410 ta maktab oldida radarlar o‘rnatiladi” — YHXX
IIV YHXXga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida maktablar oldida bolalar ishtirokida birorta ham YTH kuzatilmagan. “Xavfsiz bolalik” dasturi doirasidagi ishlar davom ettiriladi. Yil yakunigacha 410 ta maktab oldida “Xavfsiz yo‘l - xavfsiz piyoda” jamg‘armasi hisobidan radarlar o‘rnatilishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »




