Toshkentda Nexia 3 katta tezlikda beton to‘siqqa urildi, yo‘lovchi halok bo‘ldi
Toshkentning Sergeli tumanida Nexia 3 katta tezlikda harakatlanib, beton to‘siqqa urildi va ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 26 yoshli yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.









