Buxoroda tuman SSB rahbari $11,8 ming pora olish va mukofot pullarini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
Buxoro viloyatidagi tumanlardan birining sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri va MCHJ vakiliga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Mansabdor shaxs shartnomadan 11 800 dollar ulush olish va oilaviy poliklinika xodimlarining 92 mln so‘m mukofot pulini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda.


