Ðåçóëüòàòîâ: 5

O‘zbekistonda mart oyidan buyon bojxonada qolib ketgan vitrinali muzlatkichlar savdo nuqtalariga yetkazildi

O‘zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchilari bojxonada uch oydan ortiq vaqt qolib ketgan vitrinali muzlatkichlarni sertifikatlash muammosini hal qildi. UzBev ijrochi direktori Alfiya Musinaning aytishicha, 5 mingdan ortiq vitrinali muzlatkichlar sertifikatlarga ega bo‘lib, savdo nuqtalariga yetkazildi. gazeta.uz »

2025-7-16 14:09

O‘zbekiston zaxiralari dekabr oyidan beri birinchi marta kamaydi, ammo oltin zaxirasi qiymati rekordni yangiladi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1,1 mlrd dollarga kamayib, 48,55 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu dekabr oyidan beri birinchi qisqartirish. Markaziy bank zaxiralardagi oltinning fizik hajmini 9 tonnaga oshirib, uning qiymatini rekord darajadagi 38,42 mlrd dollarga yetkazdi. gazeta.uz »

2025-7-8 11:09

O‘zbekistonda sentabr oyidan maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudirlarining maoshi oshiriladi. 2026-yildan boshlab ular uchun KPI asosida oylik ustamalar joriy etiladi. Maktablar bo‘sh turgan binolarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 75 foizini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-19 13:32