Ðåçóëüòàòîâ: 51

Balkonda kir yoyish taqiqlanadi, BSK haftada bir marta “pod’ezd”ni tozalaydi. Ko‘p qvartirali uylar uchun yangi qoidalar tasdiqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari joriy etildi. Unga ko‘ra, boshqarish organlari haftada 1 marta uylarning kirish yo‘laklari va lift xonalarini tozalashi kerak. Uylarga tutash yerlarda bolalar o‘ynashi, katta yoshdagi aholining dam olishi uchun maydonchalar bo‘lishi kerak. gazeta.uz »

2026-4-30 15:45

Prezident yil boshidan buyon oltinchi marta O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i muammolarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti 3,5 oy ichida neft-gaz tarmog‘i bo‘yicha oltinchi yig‘ilishni o‘tkazdi. Unda “O‘zbekneftgaz”ning birinchi chorakdagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi. Kompaniya gaz zaxiralari oshganini ma’lum qildi va qazib chiqarishni kuniga 6,7 mln kub metrga ko‘paytirish dasturini taqdim etdi. gazeta.uz »

2026-4-15 14:59

“34 yilda birinchi marta O‘zbekiston fermerlariga bunday katta imkoniyat berilmoqda” — SSP raisi

SSP raisi Davron Vahobov prezidentning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSni bekor qilish qarorini “tarixiy” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora fermerlarga naqd hisob-kitobdan voz kechish, “yashirin” iqtisodiyotdan chiqish va takroriy ekin ekish bilan yanada faol shug‘ullanish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-5 12:16

O‘zbekiston zaxiralari dekabr oyidan beri birinchi marta kamaydi, ammo oltin zaxirasi qiymati rekordni yangiladi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1,1 mlrd dollarga kamayib, 48,55 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu dekabr oyidan beri birinchi qisqartirish. Markaziy bank zaxiralardagi oltinning fizik hajmini 9 tonnaga oshirib, uning qiymatini rekord darajadagi 38,42 mlrd dollarga yetkazdi. gazeta.uz »

2025-7-8 11:09

“Uch marta yengdim, to‘rtinchisida ham taslim bo‘lmayman”. Saraton bilan kurashayotgan Dildora Mavlonova hikoyasi

Unga til saratoni, keyinroq o‘pka va ko‘krak bezi saratoni, ko‘p o‘tmay oqqon tashxisi qo‘yilgan. U kasalliklar bilan birga oilaviy va moddiy qiyinchiliklar bilan ham sinalgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni - taqdir zarbalarini yengish uchun farzandlaridan kuch olgan Dildora Mavlonova. gazeta.uz »

2025-2-4 17:21

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi. gazeta.uz »

2024-10-11 17:35