Ðåçóëüòàòîâ: 16

O‘zbekistonda so‘rovda qatnashgan qarz oluvchilarning 61 foizi qarzini o‘z vaqtida to‘lashda qiynalmoqda — MB

Markaziy bank O‘zbekistonning qariyb 5800 aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ishtirokchilarning 77%i o‘zi yoki oila a’zolarida qarz borligini aytgan. Qarzdor respondentlarning 61%i uni o‘z vaqtida to‘lash qiyinligini aytgan, qariyb yarmi esa qarz to‘lovlariga oila daromadining yarmidan ko‘prog‘ini sarflamoqda. gazeta.uz »

2026-7-22 14:25

O‘zbekistonda qarz oluvchilar uchun cheklistlar joriy etiladi, banklarga kredit shartnomalariga yashirin “katakchalar” qo‘shish taqiqlandi

Banklarga mijozlarga kredit risklari haqida cheklistlar taqdim etish hamda majburiy opsiyalar va avtoto‘ldiriladigan maydonchalar amaliyotiga barham berish majburiy bo‘ldi. Ijtimoiy nafaqa qarzlarini hisobdan chiqarish, so‘ralganidan ortiqcha kredit taklif qilish, to‘lovlarni oldinroq undirish ham taqiqlandi. gazeta.uz »

2025-10-30 19:41

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarda “qarz” paydo bo‘lganini texnik nosozlik bilan izohladi

Davlat soliq qo‘mitasi elektron soliq xizmatlari portalidagi texnik nosozlik sabab soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi kabi noto‘g‘ri ma’lumotlar aks etayotganini ma’lum qildi. Nosozliklar bartaraf etilgach, ma’lumotlar tiklanishi va noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar avtomatik qaytarilishi aytildi. gazeta.uz »

2025-8-13 09:01

Qarz yuki hisobga olinadi, kreditning garovga nisbati hisoblanadi. Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi takomillashtirildi

Markaziy bank Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular kredit berishdan bosh tortilganda shaffoflikni ta’minlash, kredit berishda qarz yukini hisobga olish, kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichini hisoblash masalalariga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-7-23 11:38

Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlar auditini o‘tkazadi

Prezident budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlarni qamrab olish imkonini beruvchi konsolidatsiyalashgan budjet auditini o‘tkazishni taklif etmoqda. gazeta.uz »

2024-7-10 13:52