Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarda “qarz” paydo bo‘lganini texnik nosozlik bilan izohladi
Davlat soliq qo‘mitasi elektron soliq xizmatlari portalidagi texnik nosozlik sabab soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi kabi noto‘g‘ri ma’lumotlar aks etayotganini ma’lum qildi. Nosozliklar bartaraf etilgach, ma’lumotlar tiklanishi va noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar avtomatik qaytarilishi aytildi. gazeta.uz »