Ðåçóëüòàòîâ: 44

O‘zbekistonda raqamli platformalarning raqobatga zid harakatlarini aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalaniladi

Raqobat qo‘mitasi transmilliy raqamli platformalar uchun antimonopol tartibga solish mexanizmini ishlab chiqmoqda. Qolaversa, raqamli platformalarni ustun mavqega ega deb e’tirof etish chegaralarini oshirish reja qilingan. Amaldagi mezonlar 2023-yilgi ma’lumotlarga asoslangan. gazeta.uz »

2026-6-1 07:59

OTB Osiyoda energiya tarmoqlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga 70 mlrd dollar ajratadi

OTB Samarqandda 2035-yilgacha 70 mlrd dollarlik ikki tashabbus boshlanganini e’lon qildi. Mablag‘lar energiya tizimlarini birlashtirish, transchegaraviy elektr savdosini rivojlantirish, raqamli koridorlar, data markazlar va mintaqada internetdan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-3 18:28

Asl Belgisi UzBev’ning suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash bo‘yicha bayonotiga javob berdi

Asl Belgisi suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimida agregatsiyalashni joriy etish bilan bog‘liq xatarlar yuzasidan tarmoq uyushmasi UzBev’ning murojaatiga javob berdi. U iqtisodiyot shaffofligi tamoyillarini birgalikda himoya qilish va iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-3-25 10:47

O‘zbekiston suv va salqin ichimliklar uchun chet el raqamli markirovka kodlarini tan oladi

1-iyundan O‘zbekiston va hamkor davlatlar o‘rtasida suv va salqin ichimliklar uchun raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish joriy etiladi. Soliq qo‘mitasi axborot almashish talablarini belgilaydi, kodlar elektron hisobvaraq-faktura va cheklarda aks etadi. Ma’lumotlar “Asl belgisi” tizimida saqlanadi. gazeta.uz »

2026-2-16 10:14

O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari sifati monitoringi uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushadi

2027-yilgacha O‘zbekistonning olis va boshqa hududlarida raqamli va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini monitoring qilish uchun “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi. Axborot sohasida nazorat va monitoring vakolatlari berilgan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi soha regulyatori etib belgilandi. gazeta.uz »

2025-12-12 14:57

“Tizimli tahlil yo‘q” — O‘zbekiston ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka qarshi qanday kurashmoqda?

Senat raisi O‘zbekistonda ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlik ortayotgani, ammo bunday keyslar monitoringida tizimli tahlil yo‘qligini aytdi. “Zo‘ravonlik an’ana, urf-odat degan stereotiplar bilan oqlab kelinadi”, degan Narbayeva raqamli zo‘ravonlikka qarshi milliy strategiya ishlab chiqishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-11-27 07:26

O‘zbekistonda raqamli sog‘liqni saqlash platformasi yaratilyapti. U nimani o‘zgartiradi?

O‘zbekistonda yagona raqamli sog‘liqni saqlash platformasi yaratilyapti. Uzinfocom’ning sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultonov Ucast podkastida platforma joriy etilgach, aholi va sohani qanday o‘zgarishlar kutayotgani haqida so‘z yuritdi. Gazeta suhbatning asosiy qismlarini keltiradi. gazeta.uz »

2025-10-15 13:41

Xorijiy investorlar kengashiga energetika va raqamli texnologiyalar vazirlari hamda Soliq qo‘mitasi raisi kiritildi

Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kungi qarori bilan Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Unga ilk bor bosh vazir o‘rinbosari, energetika vaziri, raqamli texnologiyalar vaziri, Soliq qo‘mitasi raisi va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi direktori kiritildi. gazeta.uz »

2025-7-24 14:49

Haydovchilar YPX xodimiga guvohnomasi va pasportining raqamli nusxalarini ko‘rsata olmaydi

Raqamli hujjatlarni qog‘ozlisiga teng deb tan olish qoidalari haydovchilar va YPX xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga taalluqli emas. Hujjatlarning raqamli ko‘rinishi faqat Ma’muriy amaliyot markazida hamda imtihon va ro‘yxatga olish bo‘limlarida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi YHXX. gazeta.uz »

2025-7-1 17:32

“Davlat xizmati funksional jihatdan raqamli, mohiyatan insoniy bo‘lishi lozim”. Samarqanddagi forumning asosiy ma’ruzalari

Samarqandda BMTning davlat xizmati masalalariga bag‘ishlangan forumi boshlandi. Forum O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. XXI asrda davlat xizmati qanday bo‘lishi, uni nima uchun raqamlashtirish zarurligi va xorijda bunga qanday qarashlar mavjudligi haqida batafsil Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-6-24 09:12

Raqamli texnologiyalar va SI ko‘rgazmasi, san’at muzeyi bilan tanishuv. O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi doirasida AlmatyFair.ai raqamli texnologiyalar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, Alem.ai sun’iy intellekt markazining taqdimotini ko‘rdi. U, shuningdek, Milliy san’at muzeyida o‘zbek rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev asarlarini tomosha qildi. Prezident tashrifi nihoyalandi. gazeta.uz »

2025-3-29 21:57

O‘zbekistonda 112 yagona dispetcherlik xizmati ishga tushgan — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda 112 yagona dispetcherlik xizmati hukumat qarorida belgilangan muddatda ishga tushganini ma’lum qildi. Xizmat IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtiradi. gazeta.uz »

2025-3-25 12:12

Raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlar uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Raqamli markirovkalash va fiskal belgilarni aks ettirish qoidalarini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni, shuningdek, YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmay ishlash uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-4 17:41

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2024-4-20 17:20

Raqamli texnologiyalar vaziri maktablardagi internet va kompyuter masalasi haqida gapirdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistondagi deyarli barcha maktablarda internet tarmog‘iga ulanish uchun optik tolali va radiorele aloqa liniyalari mavjudligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, liniyalarni kompyuterlar bilan jihozlash masalasi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘ga bog‘liq. gazeta.uz »

2024-3-14 10:32