O‘zbekistonda armaturani markirovkalash va qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etildi
O‘zbekistonda qurilish armaturasi bozorini nazorat qilishning yangi tizimi tayyorlanmoqda. Uni markirovkalash va zavod yoki bojxonadan qurilish maydonchasigacha kuzatish rejalashtirilgan. Sifatsiz partiyalarni utilizatsiya qilish, qonunbuzar yetkazib beruvchi va quruvchilarga javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda. gazeta.uz »




