Ðåçóëüòàòîâ: 12

Tadbirkorlarni bayramoldi chegirma va aksiyalarini qo‘llashda qonunchilik talablariga rioya qilish haqida ogohlantirdik — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni bayramoldi chegirma va aksiyalarini tashkil etishda qonunchilik talablariga rioya qilish yuzasidan ogohlantirdi. Sotuvchilar iste’molchilarni chegirma va aksiya to‘g‘risida barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashi shartligi hamda chegirma qo‘llash taqiqlangan tovar turlari eslatildi. gazeta.uz »

2025-12-11 11:32

Rossiya prokuraturasi o‘zbek migrantlari huquqlariga rioya etilishi nazoratini kuchaytirish majburiyatini oldi

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya vakillari o‘rtasida migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘ldi. Prokuraturalar ushbu mamlakatlarda ikki davlat fuqarolarining huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini oldi. gazeta.uz »

2025-4-30 11:05

2024-yilda O‘zbekistonda YTHlarning 22,8 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘ldi

Senatdagi qo‘mita majlisida O‘zbekistonda 2024-yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, YTHlarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 3,7 foizi rulda uxlab qolish, 22,8 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-2-26 13:26

“Davlat o‘z qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda”. Komil Jalilov — xususiy oliygohlarga 4 foizli “soliq” solinishi haqida

Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi. gazeta.uz »

2025-1-20 17:17

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi. gazeta.uz »

2024-9-12 08:03

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-8-13 20:33

DXX to‘g‘risidagi qonunga uning faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-29 07:25