Ðåçóëüòàòîâ: 76

“Kasallik kuzatilmadi, ammo uning kirib kelish xavfi yuqori” — Veterinariya qo‘mitasi O‘zbekistonda oqsil virusi bilan bog‘liq vaziyat haqida

Qo‘shni hududlarda chorva mollari “oqsil” virusi bilan kasallanayotgani ortidan O‘zbekistonda ham uning tarqalishi bo‘yicha xavotirlar yangramoqda. Veterinariya qo‘mitasi vakili Gazeta uchun intervyuda O‘zbekistonda hozircha kasallik laborator tasdiqlanmagani va bir oyda 4,5 mln bosh chorva emlanganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-5 15:28

Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Voqeaga erkak bilan rashk sababli kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi ushlandi. gazeta.uz »

2026-5-1 12:40

“Asakabank”ni xususiylashtirish jarayoni tezlashtiriladi, YeTTB uning 15% aksiyasini sotib olishi mumkin

“Asakabank”ni xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Qaror bankning 15 foizgacha aksiyalarini YeTTBga sotish imkoniyatini nazarda tutadi. Hujjatda, shuningdek, bankni davlat hisobidan 95 mln dollarga qo‘shimcha kapitallashtirish va muammoli kreditlarni qoplash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-21 19:06

“Uning vaqtiga o‘ynadim”. Javohir Sindarov — Nomzodlar turnirida Praggnanandxa ustidan g‘alabasi haqida

Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Bu natija uni Nomzodlar turniri yetakchilari qatoriga olib chiqdi. U ongli ravishda tavakkal qilganini va raqibining “vaqtiga o‘ynaganini” tan oldi. U Grand Chess Tour elita seriyasiga ham taklif oldi. gazeta.uz »

2026-4-1 08:28

Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi va uning 2 farzandi vatanga qaytarildi

Turkiyada qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi va uning ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qildi Istanbuldagi Bosh konsulxona. Idora uning faoliyatiga oid ma’lumotlarni ochiqlab, fuqarolardan “marhumaning sha’nini kamsituvchi hamda biryoqlama fikrlar” tarqatmaslikni so‘radi. gazeta.uz »

2026-2-1 00:54

Toshkentdagi “Navro‘z” (“Yangi TTZ”) bozori va uning “Bo‘z bozor” filiali rekonstruksiya qilinadi

Toshkentda “Navro‘z” (“Yangi TTZ”) bozori va uning “Bo‘z bozor” filialini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi. Loyiha doirasida infratuzilmani to‘liq yangilash, vaziyat markazi tashkil etish hamda jarayonlarni raqamlashtirish orqali shaffoflikni oshirish va naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-1-22 10:16

Samarqandda profilaktika inspektori 2,5 yilga qamaldi. Uning qo‘rqitishi oqibatida 17 yoshli yigit o‘zini yoqib yuborib, vafot etgandi

Samarqandda profilaktika inspektori mansabga sovuqqonlik bilan qarash va firibgarlikda ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukmga ko‘ra, inspektorning qo‘rqitishlari 17 yoshli yigitning o‘ziga o‘t qo‘yib, vafot etishiga sabab bo‘lgan. Detallar. gazeta.uz »

2025-12-12 17:03

Jazoning kuchaytirilishi va uning muqarrarligi. Yuristlar — bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalash haqida

14 yoshga to‘lmagan bolani zo‘rlagani uchun sudlangan shaxs umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o‘tgach, u yerni tark etib, yaqinda 9 yoshli qizni zo‘rladi. Gazeta yuristlar bilan bunday holatlar takrorlanmasligi uchun huquqni qo‘llashda nimalar o‘zgarishi kerakligi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2025-11-7 21:56

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga shartli hukm chiqarilib, 2 yil sinov muddati belgilandi

Yashnobod tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni mashinasida urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 56 yoshli shaxsni sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qildi. Ayblanuvchi, shuningdek, 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. gazeta.uz »

2025-10-21 16:05

Gaz bilan isitish uskunalarini qishga qanday tayyorlash va uning xavfsizligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? FVV maslahatlari

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yong‘inlar soni kamaymoqda, biroq sovuq mavsumda is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining portlash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. FVV va boshqa xizmatlar mutaxassislari isitish mavsumi boshlanishidan oldin hodisa sabablari va ularning oldini olish choralarini eslatdi. gazeta.uz »

2025-10-9 10:07

Mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni uning o‘zidan undirib olish tartibi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararni hududiy kompensatsiya jamg‘armalari hisobidan qoplab berilib, keyinchalik aybdor deb topilgan mansabdor shaxsdan to‘liq miqdorda undirib olish tartibi joriy etilishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-19 12:32

Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning vakolatlari Hisob palatasiga o‘tkaziladi

Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatildi. Davlat rahbari organ faoliyatini keskin tanqid qildi. “Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?”, - deya qayd etdi u. gazeta.uz »

2025-6-16 09:38

ILMA Otabek Bakirov ustidan shikoyat kiritib, uning postini “agentlikni obro‘sizlantirishga urinish” deb atadi

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi moliyachi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat kiritdi. Uning aytishicha, davlat organi Temu’ni bloklash munosabati bilan yozilgan “Qonunsiz superregulator” sarlavhali maqolani agentlikni obro‘sizlantirishga urinish deb baholagan. ILMA vaziyatga izoh bermoqchi emas. gazeta.uz »

2025-4-17 15:13

“Meksika Amerikasi — yomon eshitilmayapti”. Meksika prezidenti Trampga uning uslubida javob qaytardi

Tramp Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi deya o‘zgartirish kerakligini aytgach, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum unga javob qaytardi. “Meksika Amerikasi - yomon eshitilmayapti”, - degan prezident hozirgi AQSh hududining bir qismi Meksika bilan birlashtirilgan 1607-yilgi eski xaritaga ishora qildi. gazeta.uz »

2025-1-9 22:01